ANTIB haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANTIB haqida malumot bilib oling.

ANTIBFransiya jan. dagi shahar va port, iqlim kurorti. Dengiz boʻyi Alp togʻlari etagida, Moviy qirgʻoqda, Kann sh. dan sharqda. Aholisi 63 ming kishi (1990). Turizm markazi. Gulchilik va badiiy kulolchilik bilan shugʻullaniladi. Sobiq Grimaldi saroyida P. Pikasso muzeyi, Antib boʻrnida botanika bogʻi va Napoleon muzeyi bor. Shaharga mil. av. 4-a. da yunonlarning Antipolis koloniyasi sifatida asos solingan.

Ensiklopediya.uz
ANTIB