ANTAKIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANTAKIYA haqida malumot bilib oling.

ANTAKIYA — Turkiyaning jan. dagi shahar. Oʻrta dengiz yaqinida. Xatay elining maʼmuriy markazi. Aholisi 124 ming kishi (1990). Toʻqimachilik, paxta tozalash, yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Baliq ovlanadi. Shaharga mil. av. 300-y. da Oront daryosi boʻyida Salavk I asos solgan va Antioxiya deb atagan. Salavkiylar davlatining poytaxti bulgan. 64 y. dan keyin Rim tasarrufidagi Suriya provinsiyasi noibining qarorgohi. 6—7-a. larda Vizantiya tarkibida boʻldi. Qadimda va Oʻrta asrlarda savdo-hunarmandchilik rivojlangan shaharlardan edi. 6-a. da shaharni Eron qoʻshinlari vayron qilgan. 1516-y. dan Turkiya tarkibida va oʻsha davrdan Antakiya deb atalgan. 3—13-a. larga oid meʼmorlik yodgorliklari saqlangan. Arxeologiya muzeyi bor.

Ensiklopediya.uz
ANTAKIYA