Anorning shifobaxsh xususiyatlari nima
Mavzu davomida
Anorning shifobaxsh xususiyatlari nima
Anor o‘simligining meva, po‘stlog‘i, urug‘i va bargi kabi turli qismlari shifobaxsh xususiyatlari Hindiston muqobil tibbiyot tizimi Ayurvedada keng keltirilgan. O‘simlik kislotalilik ortganda, lovullash hissi, tomoq va ayollarning reproduktiv muammolari hamda boshqa kasalliklarda samarali ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. Bundan tashqari, u qonni tozalash, burishtiruchi, gemostatik va diabetga qarshi vosita sifatida ishlatiladi.
Hind shifokorlari dispepsiyaga qarshi ba’zi dori-darmonlarda mevalarining yangi sharbatini sovituvchi va muzlatuvchi aralashmalarining tarkibiy qismi sifatida ishlatishadi. Shuningdek, ular mevaning po‘stlog‘i va gullari chinniguli, dolchin, koriandr, qalampir va boshqalarni aromatik moddalari bilan birgalikda diareyada ichakni burishtiruvchi vosita sifatida foydalanadilar.
Urug‘lari oshqozon, etli qismi esa yurak va oshqozon kasalliklarida ishlatiladi. Arablar o‘simlikning eng burishtiruvchi qismi sifatida ildiz po‘stlog‘ini tasmasimon chuvalchanglarga qarshi mukammal o‘ziga xos xususiyati sifatida tavsiya qilinadi; 60 gramm yangi po‘stlog‘i yarim litr suvga solinib hajmi to‘rtdan uch qismi qolguncha qaynatilishi natijasida qaynatma olinadi. Shu qaynatma sovitilgandan so‘ng, to‘liq qolmagunga qadar, har yarim soatda 60 ml dan ichish mumkin. Bu doza ba’zan ko‘ngilni behuzur qiladi, lekin kamdan-kam hollardagina qurtni yo‘q qila olmaydi hamda tez orada o‘tib ketadi.

Anor qobig‘i ko‘knori va aromatik o‘simliklar qatoriga kiruvchi qalampirmunchoq bilan birgalikda surunkali dizenteriya hamda diareya uchun foydali dori hisoblanadi. Po‘stlog‘ining qaynatmasi keyingi surgi xususiyatga ega antigelmint vosita sifatida ishlatildi. Tarkibida tanin borligi sababli, po‘stlog‘i, barglari, pishmagan mevalari va meva qobig‘ining ekstraktlari diareya, dizenteriya va qon ketishni to‘xtatish uchun burishtiruvchi vosita sifatida berilgan.
Quritilgan va maydalangan gul kurtaklari bronxit uchun vosita sifatida ishlatiladi. Meksikada og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq yallig‘lanishini yengillashtirish uchun gullarining qaynatmasi chayqaladi. Barglari, urug‘lari, ildizlari va po‘stlog‘i biotajribalarda gipotenziv, antispazmolitik va antigelmint faollikni ko‘rsatgan. Poya va ildizlarning quritilgan po‘stlog‘i uzoq vaqtlardan beri antigelmint vosita sifatida ishlatib kelingan. Po‘stlog‘i va mevalari boshqa preparatlar bilan birgalikda ilon chaqishini va po‘stlog‘i chayon chaqishi davolash uchun ham ishlatiladi.
Xitoy va Malayada quritilgan meva po‘stlog‘i burishtiruvchi, ayniqsa tasmasimon qurtlari uchun antigelmint vosita hisoblanadi.
XULOSA
Janubiy Afrika Respublikasida istiqomat qiluvchi yevropaliklar mevasining po‘stlog‘i va ildizidan shifobaxsh vosita sifatida foydalanganlar. Mevalarining quritilgan po‘stlog‘ining qaynatmasi oshqozon og‘rig‘i va dizenteriya uchun ichiladi, damlamasi esa yo‘g‘on ichak yallig‘lanishida qo‘llaniladi. Maydalangan meva va po‘stlog‘i hamda guruch unidan tayyorlangan damlamasi diarreya va dizenteriyada hamda antigelmint vosita sifatida ishlatiladi. Po‘stlog‘i va ildizlari damlamasi leykoreya uchun in’eksiya sifatida ishlatilgan. Transvaalda(JAR) maydalangan meva po‘stlog‘i dizenteriyani davolash uchun ishlatiladi va uning qaynatmasi antigelmint sifatida beriladi. Ildizning qaynatmasi bolalarda lentasimon qurtlarni yo‘qotish uchun ishlatiladi.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Anorning shifobaxsh xususiyatlari nima