Anor tabiiy mo‘jiza haqida malumot
Anor (Punica granatum L.) —anordoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub, subtropik meva o‘simligi; bo‘yi 2–10 m daraxt yoki buta. Vatani O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afg‘oniston; yovvoyi turlari O‘rta dengiz atrofi, O‘rta Osiyoning janubida, Qrim, Kavkaz, Eron, Afg‘oniston, Old Osiyo va Dog‘istonda uchraydi. O‘zbekistonda Quva, Namangan, Denov va Kitob (Varg‘anza) tumanlari a’lo sifatli anorlari bilan mashhur.
Botanik tavsifi
Barglari mayda, nashtarsimon, shoxlari tikanli (shirin mevalisida tikani kamroq). Iyun—iyulda gullaydi. Gullari ikki jinsli, yirik (diametri 8 sm gacha), och qizil, shoxi uchida bitta, ikkita, ba’zan beshtagacha joylashadi. Urug‘chisi (onaligi) normal rivojlangan, ko‘zachasimon guli meva tugadi, urug‘chisi qisqa, qo‘ng‘iroqsimon gullari odatda meva tugmaydi. Anor chetdan changlanadi. Mevasi yirik, dumaloq, qizg‘ish (qizil po‘st) yoki oqish (oq po‘st) bo‘lib, og‘irligi 250—1000 g keladi. Mevasi 6—12 uya (xona)li, doni och pushti yoki to‘q qizil. Ta’mi shirin, chuchuk-nordon va nordon, sersharbat (40—60%), tarkibida 14—21% qand, 0,3—9% limon kislota, tanin, vitamin B, C bor. Po‘sti 29—50%, doni 10— 20% ni tashkil etadi. Mevasi, po‘sti, ildiz po‘stlog‘ida 28% gacha oshlovchi moddalar bor. (Wikipedia)
Xalq tilida “Anorning ichida nechta donasi bo‘lsa, u shuncha dardga davodir” degan ibora yuradi. Bu bejizga aytilmagan. Anor mevasi tarkibida 80 foiz suv, 12-15 foiz qand, 19 foiz askorbin kislota, sof holda organik kislotalar – olma, limon, shovil kislotasi mavjud. B guruhi vitaminlari – B1, B2, B6, B9 va karotin, A vitamini, shuningdek kaliy, magniy, kobalt, temir, kalsiy, fosfor kabi mineral moddalar mavjud. Anor qonni ko‘paytiradi, tarkibida antioksidant moddalar borligi uchun organizmni yoshartirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari anor mevasining po‘stlog‘i, daraxtining gullari, barglari va ildizidan turli dori preparatlari tayyorlanadi.
Anor yordamida endigina boshlanayotgan bir qancha xastaliklarni davolash mumkin.
Nafas yo‘llari kasalliklarida
Teri toshmalarini davolashda
Teringizga tez-tez har xil toshma va husnbuzarlar toshadimi? U holda anor po‘stini mayda tuyib tovada qizartirib oling va bir choy qoshiq sariyog‘ bilan aralashtiring. Malhamni sovutgichda saqlang, haftasiga ikki marta yuz terisiga surting. Bundan tashqari, anor po‘stlog‘ining kukuni yordamida kuyishdan qolgan jarohatni davolash mumkin. Kuygan joyga anor sharbatidan 5-6 tomizib, ustiga po‘stlog‘idan tayyorlangan kukun sepiladi. Muolaja kuniga 2 mahal, bir hafta davomida bajariladi.
Qon bosimini tushiririshda
Gormonlar faolligini oshiradi
Ich ketishini to‘xtatadi
Anorning maydalangan po‘chog‘idan 1 osh qoshig‘i ustiga 2 litr suv quyiladi va rangi chiqquncha 10-15 daqiqa qaynatib, tayyor sharbatni ovqatdan yarim soat oldin 1 stakandan ichiladi. Tabobat sultoni Abu Ali ibn Sino anor po‘stlog‘ini ich ketishda, qon aralash ich ketarda va boshqa kasalliklarda ishlatgan.
Yo‘talga qarshi shifo bo‘ladi
Anor po‘chog‘i 1 osh qoshig‘i ustiga 1 stakan qaynoq suv quyib, og‘zi yopiq holda qaynatiladi. Kuniga 1 mahal issiq holda 1 stakandan ichiladi.
Yo‘g‘on ichak yallig‘lanishida
Anor po‘chog‘i yoki gulidan 1 choy qoshig‘i 1 stakan suvda qaynatiladi va 2 soatga damlab qo‘yiladi. Kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi.
Ko‘ngil aynishini qoldiradi
Anor sharbati bilan yalpiz damlamasidan teng miqdorda olib qultumlab ichilsa ko‘ngil aynishiga, qusishga davo bo‘ladi.
Bachadondan qon ketishida qo‘llanadi
Anor guli va po‘stlog‘ini qo‘shib tuyib, damlamasini kuniga 3 mahal 50 g.dan 5 kun davomida ichilsa, qon ketishini davolashda foyda qiladi.
Anor gijjalarni yo‘qotadi
Anorning gijjalarga qarshi xususiyati qadim-qadimdan ma’lum. Anor daraxtining ildizi, po‘stlog‘i va novdalaridan 50 g. olib, ustiga yarim litr suv quyib 15 daqiqa qaynatiladi. Sovutgach suzib, 2-3 soat ichida ichiladi. Tasmasimon gijjalarni haydashga ko‘maklashadi.
Milklar qonaganda foydalaning
Anor guli va urug‘ini aralashtirib siqiladi va sharbati og‘izda bir oz vaqt ushlab turilsa, milk qonashi taqqa to‘xtaydi. Yoki anor po‘stiga sirka qo‘shib qaynatiladi. U bilan og‘iz chayilsa tish og‘rig‘i qoladi va milk qonashi to‘xtaydi.
Peshob haydaydi
Achchiq anor sharbatidan ichib turilsa, siydik haydalishiga yaxshi yordam beradi.
© Xolida OCHILOVA, shifokor.
Biosfera.uz
Kasalliklar
Anor tabiiy mo‘jiza