ANONS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANONS haqida malumot bilib oling.

ANONS (frans. annonce — ommaviy axborot, eʼlon) — spektakl haqida oldindan beriladigan eʼlon. 17—18a. larda koʻproq fransuz teatriga xos boʻlib, spektakl (yoki alohida pardalar) boshlanishidan oldin sahnadan turib koʻrsatiladigan tomosha, ishtirok etuvchilar, ijrochilar va b. haqida tomoshabinlarga beriladigan axborot. A. spektaklning ajralmas boʻlagi hisoblanib, truppaning eng yaxshi aktyorlari tomonidan ijro etilgan. Anons odatda badiha asosida qurilib, hazil-mutoyiba, qochirim va b. joʻrligida olib borilgan. Hoz. Anons spektakl, konsert, sirk tomoshasi va b. haqida (mufassal maʼlumotlarsiz) oldindan eʼlon qilinadigan afisha.

Ensiklopediya.uz
ANONS