
ANOMOZAMIT haqida malumot bilib oling.
ANOMOZAMIT (Anomozamites) — bennettitlar oilasiga mansub qadimiy oʻsimliklar turkumi. Hoz. vaqtda faqat barg qoldiqlari (qazilma holda) uchraydi. Barglari yirik va patsimon, yaprogʻining oʻrta qismi segmentlarga boʻlingan. Hoz. gacha Anomozamitning 20 dan ortiq turi aniqlangan. Ular Pomir, Zarafshon togʻlari, Fargʻona vodiysining jan., shim., sharqiy hududlari, Hisor togʻlari, Turkmaniston, Qoratov, Mangʻishloq, Jan. Qozogʻiston, Issiqkoʻl va b. joylarning yura hamda Shim. Germaniya, Shpisbergen, Grenlandiyaning boʻr qatlamlaridan topilgan.
Ensiklopediya.uz
ANOMOZAMIT