ANOMAL AYLANISH DAVRI haqida malumot bilib oling.
ANOMAL AYLANISH DAVRI — yoritqich orbitasining markaziy jismga eng yaqin nuqtasi (mas, perigey, perigeliy)da ketma-ket ikki marta boʻlishi orasida oʻtgan vaqt. Mac, anomal oy (yil) — Oy (Yer)ning, perigey (perigeliy)da ketma-ket ikki marta boʻlishi orasida oʻtgan vaqt. Anomal oy — 27,55 sutkaga, anomal yil esa 365,2596 sutkaga teng.
Ensiklopediya.uz
ANOMAL AYLANISH DAVRI