Anna Axmatova (1889–1966)

Anna Axmatova (1889–1966)

Anna Axmatova (1889–1966)

DO`STLARGA ULASHING:

Anna Andreevna Axmatova (asl familiyasi Gorenko) (1889–1966) – mashhur rus shoirasi. 1941–1944 yillarda Toshkentda yashagan. Oybek bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan.
“Mardlik” sheʼri 1942 yil fevralida Toshkentda yozilgan va dastlab “Pravda” gazetasida, shuningdek, “Tashkentskiy almanax”da eʼlon qilingan. Ushbu sheʼr tarjimasi birinchi marta Oybek “Mukammal asarlar toʻplami”ning XVII jildi (1981) da nashr qilingan.
1942 yili Toshkentda yozilgan “Bogʻda gʻalati chuqur…” sheʼri Leningradda bombardimon vaqtida halok boʻlgan Vova Smirnov xotirasiga bagʻishlangan. Tarjima birinchi marta Oybek “Mukammal asarlar toʻplami”ning XVII jildi (1981) da eʼlon qilingan.

Anna Axmatova (1889–1966)