
ANKERLI BIRIKMA haqida malumot bilib oling.
ANKERLI BIRIKMA — mashina detallarini, inshootlarning detal va qismlarini bir-biriga anker yordamida mahkamlab hosil qilinadigan birikma. Yaxlit qilib tayyorlash qiyin bulgan baʼzi shakldor detallarni hosil qilish uchun ikki va undan ortiq detalni biriktirishda, prokat listlaridan gʻildiraklar yasashda, mashina va stanoklarning quzgʻalmas qismlarini poydevorga mahkamlashda ishlatiladi. Ankerli birikma asosan qizdirilgan ankerlar, ankerli boltlar va plitalar yordamida bajariladi.
Ensiklopediya.uz
ANKERLI BIRIKMA