Anjir va zaytun birga yeyilsa, jismga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Anjir va zaytun birga yeyilsa, jismga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
DO`STLARGA ULASHING:
Al-Azhar universitetining tibbiy bo‘limi «Shifobaxsh o‘simlik va nabodotlar» fakultetining rahbari Toha Ibrohim aytadi: Bir guruh yapon olimlari «Tiyn» surasini hikmatini o‘rganish maqsadida tajriba o‘tkazdilar.
Alloh taolo Qur’oni karimda: «Anjir bilan qasam va zaytun bilan qasam», («Tiyn» surasi, 1-oyat) deb bu ikki meva nomi bilan qasam ichdi. Sura davomida insonni eng go‘zal suratda yaratganini aytdi. Ko‘pchiligimiz aynan anjir va zaytunni qo‘shib iste’mol qilinishining foydalaridan bexabarmiz. Bu ikki mevani alohida iste’mol qilishdan ko‘ra birga qo‘shib yeyishning inson tanasiga foydasi juda ko‘p. Ular birgalikda quyidagi foydalarga ega:
1. Qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi;
2. Ayollarning farzandli bo‘lish imkonini oshiradi;
3. Inson jismini chiroyli, uzoq yosh holatda turishiga yordam beradi;
4. Qarilik alomatlarini kamaytiradi;
5. Ozuqa sifatida qo‘llashga qulay;
6. Hujayralar o‘z vazifasini a’lo darajada barishiga sabab bo‘ladi;
7. Ish qobiliyatini oshiradi, tanaga quvvat bag‘ishlaydi;
8. Erkaklardagi jinsiy zaiflikka qarshi samarali vosita;
9. Yurakni quvvatlantiradi;
10. Ruhiy xastaliklarga qarshi kurashadi. Inson o‘zini ruhiy nazorat qilishini oson qiladi va hokazolar.
Al-Azhar universitetining tibbiy bo‘limi «Shifobaxsh o‘simlik va nabodotlar» fakultetining rahbari Toha Ibrohim aytadi: Bir guruh yapon olimlari «Tiyn» surasini hikmatini o‘rganish maqsadida tajriba o‘tkazdilar. Aynan anjir va zaytun METHALONIDS deb nomlangan moddaga boy ekanligini kashf qildilar. Bu modda inson organizmida 15 yoshdan 35 yoshgacha faol ajralib chiqadi. 40 yoshdan keyin bu modda sekretsiyasi kamayadi. Inson jismini sura davomida kelganidek eng go‘zal suratda yaratilishi bilan bu ikki meva zikr qilinishining o‘zaro qanday bog‘liqligi haqida hech o‘ylaganmisiz?
Yapon olimlari anjirda mavjud bo‘lgan METHALONIDS moddasining ta’siri faqat zaytun bilan aralashgandagina faol bo‘lishini aniqladilar. Eng yaxshi ta’sir darajasi 1 dona anjir, 7 dona zaytun bilan iste’mol qilinganda undagi moddalarning ta’sir darajasi teng bo‘lishini kashf qildilar.
Qizig‘i shundaki, «anjir» so‘zi Qur’onda 1 marta, «zaytun» esa 7 marta zikr qilingan. 6 marta aynan zaytun lafzi bilan, 7-marotaba «Va Turi Siynodan chiqadigan bir daraxt(zaytun)ni (paydo qildikki), u yog‘ va yeguvchilarga nonxurish ila o‘sur». («Mu’minun» surasi, 20) oyatida kelgan. Bu mevalarni birga iste’mol qilish doim sog‘lom, yosh bo‘lib yurishga sabab bo‘ladi.
«Salomatlik» kitobidan.
Manba: Oliy ma’had sayti.
Anjir va zaytun birga yeyilsa, jismga qanday ta’sir ko‘rsatadi?