Anjir – jannat mevasi

Anjir – jannat mevasi

Anjir – jannat mevasi

DO`STLARGA ULASHING:

Tabobat va tibbiyotda anjirning meva va barglaridan shifobaxsh vosita sifatida foydalaniladi. To‘liq pishib yetilgan mevasi terib olinadi va ho‘lligida yoki quritib iste’mol qilinadi.

anjir

Tarkibidagi kaliy, natriy va oqsil bo‘yicha u yong‘oq va o‘rik bilan bemalol raqobatlasha oladi. To‘yintirish darajasi esa go‘shtnikidan kam emas. Mevasini suv yoki sutda qaynatib yeyilsa, yo‘tal, tomoq og‘rig‘ini davolaydi. Tarkibida yurak faoliyatini yaxshilaydigan kaliy tuzi ham bor. Ayniqsa, qora anjir bod kasalida yordam berib, immun tizimini mustahkamlaydi. O‘pka sili, mushaklar holsizlanishida ham juda foydali. Tarkibida temir moddasi ko‘p. Yurak tez urishi, bronxial astma (ziqqinafas), ko‘krak og‘rig‘i, o‘pka pardasi yallig‘lanishi (plevrit)da shifosi beqiyos.

Sharbati quvvat bag‘ishlovchi, ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qiluvchidir. Bundan tashqari revmatizm (bod), teri kasalliklari, buyrak va qovuqda toshlar paydo bo‘lganida, jigar hajmi kattalashib, og‘riq berganida sharbati ichiladi.

Anjir bargidan uzum va mevalarni quritishda ishqor sifatida foydalaniladi. “Suti” esa teri kasalliklari (so‘gal, temiratki), chayon va ari chaqqanda davo maqsadida surtiladi. Garchi ushbu meva o‘zida ko‘plab foydali xususiyatlarni jamlagan bo‘lsa-da, uni yeyishni shifokorlar hammaga ham tavsiya etavermaydi. Anjir tarkibida qand moddasi ko‘pligi uchun uni semizlikka moyil insonlar, qandli diabet bilan og‘riganlar ko‘p iste’mol qilmaganlari ma’qul.

soglom.uz/tavsiya/anjir-jannat-mevasi/

Anjir – jannat mevasi