ANIZOTROP MATERIALLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANIZOTROP MATERIALLAR haqida malumot bilib oling.

ANIZOTROP MATERIALLAR — xossalari (mexanik, optik, magnit va b.) turli yoʻnalishda bir xil boʻlmaydigan materiallar. Anizotrop materiallarga monokristallar, kristallar, armaturalangan plastiklar, grafit, poʻlat va qotishmalarning zagotovkalari (prokat, shtampov-kalar), tolali materiallar va b. kiradi. Tarkibi toʻldirgich (metall tolalar, ipsimon kristallar) va bogʻlovchi materiallar (polimerlar va metallar) birikmasidan iborat kompozitsion materiallar katta ahamiyatga ega. Anizotrop materiallar mashinasozlikda mustahkamligi yuqori boʻlgan detal va konstruksiyalar, transformatorlar, gaz turbinasi kuraklari tayyorlashda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
ANIZOTROP MATERIALLAR