AngularJS. $http servisi bilan ishlash. 2-qism

AngularJS. $http servisi bilan ishlash. 2-qism

AngularJS. $http servisi bilan ishlash. 2-qism

Salom! Biz o’tgan maqolada $http servisi bilan tanishgan edik va GET so’rov jo’natishni ko’rib chiqgandik. Endi esa $http servisining, quyidagi metodlari bilan ishlab ko’ramiz:

O’ldingdi maqoladagi bilimlarimizga ko’ra shuni bilamizkiy $http servisi HTTP protokoli so’rov (request) jo’natish uchun juda qulay. Shuning uchun ham juda ko’p proektlar o’zining front-end qismini AngularJSda yasashmoqda. Backend API sifatida esa hozirgi kunda Node.js, Go, Python judayam keng qo’llanilmoqda. AngularJS yasalgan proektlarni ushubu manzil orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.madewithangular.com/ .

Endi esa $http servisidagi hali o’rganishgan ulgurmagan metodlarimizni o’rganishni boshlaymiz!

head(url, [config]) — O’z nomidan aytib turibdiku HEAD so’rov jo’natish mumkin. Birinchi url argumenti bu head so’rov jo’natish kerak bo’lgan web server URL manzili. Ikkinchi argument esa HEAD so’rovning tanasi ya’ni JSON obyekt. $http.head , $http.get ga o’xshab ikkita callback qaytaradi.

  1. success() — Agar HEAD so’rov serverga jo’natilsa;
  2. error() — Agar HEAD so’rov jo’natilmasa ya’ni server so’rovga response qaytamasa;

post(url, data, [config]) — post so’rov jo’natish uchun ishladi. Birinchi argument post so’rov jo’natish kerak bo’lsa URL manzil, ikkinchi argument ya’ni data bu so’rov tanasi (body request). So’rov tanasi oddiy JSON formatda bo’ladi va oxirgi uchinchi argument esa so’rov headerlari. Odatda uchinchi argument ishlatishmaydi. Faqat url bilan data jo’natilsa bo’ldi. masalan:

$http.post(‘http://site/api/v1/post/save’, { name: «Farrukh» });

$http.post ha ikkida callback qaytaradi: success va error.

put(url, data, [config]) — PUT so’rov esa huddi POST so’rov kabi argumentlar qabul qiladi va qolgan metodlar bilan bir-xil callback qaytaradi. Lekin RESTful API tizimlarda POST so’rovi ma’lumotni saqlash, PUT esa mavjud bo’lgan ma’lumotni yangilash uchun ishlatishadi. Uchinchi argumentni argumentni jo’natish shart emas faqatgina url bilan data ko’rsatilsa yetarli.

delete(url, [config]) — DELETE so’rovi qoida bo’yicha ko’rsatilgan resursni o’chirish uchun hizmat qiladi. Ikkita argument qabul qiladi, url bilan config (header). Ba’zilar ishlatish kerak emas deb o’ylashadi o’rniga esa GET so’rovda foydalanib qo’yaverishadi. Lekin hamma so’rov turlarining qoidasi bo’lgani uchun ham DELETE so’rovni ishlatish kerak. j

jsonp(url, [config]) — O’z nomidan bilinib turibdiku. Bu metod JSONni parse qiladi. Yani birinchi argument sifatida jo’natilgan manzilni respone ya’ni javobi JSON formatda bo’lmasa uni JSON formatga ogirib bizga beradi. Bu orqali json javob qaytamaydigan serverlarni o’zimizga json formatda olishimiz mumkin bo’ladi.

patch(url, data, [config]) — PUT so’rov bilan deyarli bir bo’lgan bo’lgan so’rov turi. Lekin resurs fragmentiga qarab ishlatida. PATCH ham uchta argument qabul qiladi va ikkita succes, error callback qaytaradi.


Mana AngularJS mavjud so’rov turlari haqda gaplashib chiqdik. Keyingi maqolada esa ularni ishlatish boyicha misollarni ko’rib chiqamiz.

Web Dasturlash
AngularJS. $http servisi bilan ishlash. 2-qism