Angrenda qadimiy sopol buyumlar topildi haqida to’liq ma’lumot oling
Post Views:
74
2020 yil 23 aprel kuni Angren shahri Bog‘i Surh MFY Abay ko‘chasi 77-uyda yashovchi F.Normatovning yashab turgan turar joyi hovlisida qazilgan chuqurdan qabr ochilgan. 30 aprel kuni fuqaro F.Normatov bu haqda Angren shahar tarixi muzeyiga xabar berdi. Angren shahar tarixi muzeyi xodimlari tomonidan 2020 yil 1 may kuni Angren shahar Bog‘i Surh MFY Abay ko‘chasi 77-uyda yashovchi fuqaro F.Normatovning murojaati asosida fuqaroning yashab turgan turar joy hovlisidan qazilgan chuqurda qazishma ishlari olib borildi.
Angren shahar tarixi muzeyi xodimlari M.Begmuradova, Sh. Ro‘zmatov, O‘.Shadiyeva, M. Izatillayeva, M.Djurayeva, M.Elmurodovlar Madaniy meros departamenti bo‘lim boshlig‘i A. Yorqulov, Toshkent viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i M.Isroilov ishtirokida qazilma ishlari olib borishdi. Tadqiqot ishlari xulosasiga ko‘ra, ushbu qabr “Qovunchi” madaniyatiga oid bo‘lib, u miloddan avvalgi 3, milodning 3-4 asrlariga tegishli ekanligi qayd etildi. Qabrdan shu davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari (2 ta skelet) va 5 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlari qazib olindi.
1. Sopol buyumning balandligi – 40 sm, o‘rta qism aylanasi – 86 sm, yuqori qism aylanasi – 40 sm.
2. Sopol buyumning balandligi – 32 sm, o‘rta qism aylanasi – 71 sm, yuqori qism aylanasi – 39 sm.
3. Sopol buyumning balandligi – 21,5 sm, o‘rta qism aylanasi – 51 sm, yuqori qism aylanasi – 25,5 sm.
4. Sopol buyumning balandligi – 10 sm, o‘rta qism aylanasi – 32 sm, yuqori qism aylanasi – 26 sm. Ushbu sopol ko‘zachaning dastasida qo‘chqor shoxi ishlangan.
5. Sopol buyumning (siniq holda qazib olingan) balandligi – 12 sm, o‘rta qism aylanasi – 16 sm, yuqori qism aylanasi – 37 sm.
Topilmalarni o‘rganish jarayonida ushbu sopol buyumlar“Qovunchi” madaniyati davrida yashagan ajdodlarimiz tomonidan ro‘zg‘or va xo‘jalik ishlarida foydalanganliklari hamda unda diniy dunyoqarash xususiyatlari mavjud ekanligi haqidagi xulosaga kelindi.
Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati
Malumotlar
Angrenda qadimiy sopol buyumlar topildi