ANGREN QURILISH MATERIALLARI KOMBINATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANGREN QURILISH MATERIALLARI KOMBINATI haqida malumot bilib oling.

ANGREN QURILISH MATERIALLARI KOMBINATI — turli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona. «Oʻzqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. 1947-y. da ishga tushirilgan.

Angren qurilish materiallari kombinati kaolin, sement, maydalangan glej va kul-shlak kabi qurilish materiallari ishlab chiqaradi. Korxonada har yili oʻrtacha 30 ming t sement, 120 ming t glej, 5 ming t boshqa qurilish materiallari tayyorlanadi. Kelgusida yangi texnika va texnologiyalar joriy etish orqali 4 xildagi rangli sement ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.

Ensiklopediya.uz
ANGREN QURILISH MATERIALLARI KOMBINATI