
ANGREN GRES haqida malumot bilib oling.
ANGREN GRES, Angren issiqlik elektr stansiyasi — Oʻzbekiston energetika tizimidagi yirik inshoot. Angren sh. yaqinida 1957—63 y. larda qurilgan. St-yada har birining quvvati 60,5 MVt boʻlgan 8 turboagregat bor. Oʻrnatilgan quvvati 484 MVt. Asosiy yoqilgʻisi — Angren koʻmir konidan qazib olinadigan qoʻngʻir koʻmir. GRES Ohangaron daryosidan suv bilan taʼminlanadi, Olmaliq — Ohangaron sanoat zonasiga hamda Toshkent viloyatidagi xoʻjaliklar va sanoat korxonalariga elektr energiyasi yetkazib beradi. Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning jan. dagi viloyatlarini birlashtirgan Oʻrta Osiyo Birlashgan energetika sistemasiga ulangan.
Ensiklopediya.uz
ANGREN GRES