ANGOR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANGOR haqida malumot bilib oling.

ANGORSurxondaryo viloyatidagi shaharcha. Angor tumana markazi. SurxonSherobod vodiysida, Katta Oʻzbekiston trakti yonida. Termiz sh. dan 33 km shim.gʻarbda joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi Navshahardan 14 km. Aholisi 14,1 ming kishi (1995). Angor arigʻidan suv ichadi. Sanoat korxonalarida asosan q. x. mahsulotlari qayta ishlanadi. 3 umumiy taʼlim maktabi, 4 bolalar bogʻchasi, tuman markaziy kasalxonasi, kattalar poliklinikasi, oʻsmirlar poliklinikasi, paxta hissadorlik jamiyati, tuman davlat hissadorlik mashina-traktor parki tuman boʻlimi, savdo punktlari, 2 kinoteatr, 2 kutubxona, madaniyat uyi, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish punkti bor.

Ensiklopediya.uz
ANGOR