
ANGLIYA-TRANSIORDANIYA SHARTNOMALARI haqida malumot bilib oling.
ANGLIYA-TRANSIORDANIYA SHARTNOMALARI (1928, 1946, 1948) — 1928-y. 20 fev. da Quddus (Ierusalim) da Angliya va Transiordaniya (Iordaniya) oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, Angliya Transiordaniyada (Buyuk Britaniyaning mandat hududida) hokimiyatni rasman amirga topshirgan holda, uning tashqi siyosati, moliya va qurolli kuchlari ustidan nazoratini saqlab qoldi. 1946-y. 22-martda Londonda imzolangan shartnomada Angliyaning Transiordaniyani boshqarish mandati rasman bekor etildi, u mustaqil qirollik deb eʼlon qilindi. Lekin Transiordaniya hududida qoʻshin tutib turish va harbiy bazalar qurish huquqi joriy etilaverdi. 1948-y. 15-martda Ammon sh. da tuzilgan shartnoma Iordaniyaning Angliyaga qaramligini saqlagan holda Iordaniya maʼmurlarining vakolatlarini bir muncha kengaytirdi. Shartnoma 1957-y. da bekor etildi.
Ensiklopediya.uz
ANGLIYA-TRANSIORDANIYA SHARTNOMALARI