ANGIOGRAFIYA haqida malumot bilib oling.
ANGIOGRAFIYA (angio… va…grafiya) — qon va limfa tomirlariga kontrast (soya tushiradigan va organizm uchun bezarar) modda yuborib, rentgenologik usul bilan ular suratini olish. Angiografiya kon va limfa tomirlari kasalliklarini, shuningdek baʼzi aʼzolar (miya, yurak, oʻpka va b.)dagi kasalliklarni qon tomirlaridagi oʻzgarishlarga qarab aniqlashda qoʻllaniladi. Angiografiyaning angiokardiografiya, angiopulmonografiya, aortografiya, vazografiya, limfografiya va b. turlari mavjud.
Ensiklopediya.uz
ANGIOGRAFIYA