ANGARA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANGARA haqida malumot bilib oling.

ANGARA — RFning Irkutsk viloyati va Krasnoyarsk oʻlkasidagi daryo. Yeniseyning eng sersuv irmogʻi. Uz. 1779 km. Havzasining mayd. 1,040 ming km2. Baykal koʻlidan oqib chiqadi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — Ilim, chapdan — Irkut, Belaya, Oka, Taseyeva. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Quyilish yerida oʻrtacha suv sarfi 5100 m3/sek. Quyi oqimida okt. — noyabrda, Bratsk suv omborida noyabr-dek. da muz bilan qoplanadi. Mayning 1-yarmidan muz eriy boshlaydi. Angaraning boshlanishidan quyi qismigacha suv omborlari kaskadi qurilgan. Angarada Irkutsk, Bratsk, Ust-Ilim GESlar ishlab turibdi, Boguchani GES qurilmoqda (1994). Angara boshlanish joyidan kemalar muntazam qatnab turadi. Asosiy pristanlari: Irkutsk, Angarsk, Balagansk, Bratsk. Angarada baliq koʻp.

Ensiklopediya.uz
ANGARA