Anemiya ( Kamqonlik )
Anemiya dunyo aholisi orasida eng keng tarqalgan patologik holatlardan biri hisoblanadi. Anemiya turlari orasida, kamqonlik rivojlanishi sabablari bo’yicha ularni tasniflashda bir nechta asosiy shartlar ajratiladi: Mutaxassislarning fikriga, ko’ra sayyoramizdagi har to’rtinchi odam temir tanqisligi anemiyasidan aziyat chekadi. Bu holatning xavfliligi — temir tanqisligi anemiyasi sezilmas klinik ko’rinishida bo’ladi. Alomatlar temir miqdori, demakki gemoglobin miqdori juda past darajalarga tushganda seziladi. Kattalar orasida quyidagi toifadagi kishilarda kamqonlik rivojlanishi xavfi yuqori bo’lishi mumkin: Kamqonlikning eng keng tarqalgan temir tanqisligi anemiyasi shakli o’z navbatida temir yetishmasligi tufayli yuzaga keladi va bunga quyidagi omillardan biri sabab bo’lishi mumkin: Anemiyaning yengil shakllarini odatda ovqat ratsionini to’g’irlash, vitamin-mineral komplekslar, temir saqlovchi preparatlarni qabul qilish orqali davolasa bo’ladi. O’rta va og’ir darajadagi anemiya mutaxassis maslahati va tegishli davolash kursini talab qiladi. Erkaklarda anemiyaning diagnostik mezoni gemoglobinning qondagi konsentratsiyasi 130 g / l dan kamayishi hisoblanadi. Erkaklarda anemiya fiziologik xususiyatlariga ko’ra ayollarga qaraganda kamroq uchraydi: erkaklarda hayz natijasida har oyda qon yo’qotilish kuzatilmaydi, gestatsiya (homiladorlik), laktatsiya (emzish) yo’qligi va shuning natijasida vitaminlar va mikroelementlarning yo’qotilmasligi. Biroq erkaklar orasida kamqonlik ham tez-tez uchrab turadi va odatda surunkali kasalliklar va turli a’zo tizimlari kasalliklar borligi natijasida tashxislanadi. Masalan erkaklarda surunkali temir tanqisligi anemiyasi rivojlanishiga ko’pincha ichak eroziyasi, yashirin me’da-ichak qon ketishlari, yarali kasalliklar, gemorroy sabab bo’ladi. Erkaklardagi kamqonlik etiologiyasi parazitar kasalliklar, yaxshi va yomon sifatli saraton bo’lishi mumkin. Anemiyaning yuzaga kelishi turli omillar ta’sirida yuzaga kelgani bois, ular asosiy sababni aniqlash va tegishli davolash choralarini talab qiladi. Ayollarda kamqonlik qondagi gemoglobin 120 g / l (homiladorlik vaqtida 110 g / l) ko’rsatkichidan past bo’lganda tashxislanadi. Fiziologik tomondan ayollar kamqonlikka ko’proq moyil bo’ladi. Ayol organizmini oylik qon ketishlarida eritrositlarini yo’qotishga sabab bo’ladi. Hayzda yo’qotilgan qonning o’rtacha hajmi 40-50 ml, lekin og’ir hayz ko’rganda bu miqdor 5-7 kun davomida 100 ml va undan ko’p bo’lishi mumkin. Bir nechta bunday qon yo’qotishlar kamqonlikka olib kelishi ehtimoli mavjud. Ayollar orasida yashirin kamoqnlikning yana bir keng tarqalgan (20% ayollarda) shakli ferritin oqsili kontsentratsiyasi kamayganda yuzaga keladi. U oqsil qonda temirni jamlab borish va gemoglobin darajasi kamayganda temirni ajratish vazifasini bajaradi. Homilador ayollar anemiyasi turli omillar ta’sirida yuzaga keladi. Rivojlanayotgan homila o’sishi uchun kerakli moddalarni onaning qonidan oladi, ularga gemoglobin sintezi uchun kerak bo’lgan temir, vitamin B12, foliy kislotasi ham kiradi. Oziq-ovqatlarda vitaminlar va minerallarning yetishmasligi, surunkali kasalliklar (gepatit, pielonefrit), homiladorlikning birinchi uch oyligida kuchli toksikozlar va bir necha homila mavjudligida bo’lajak onada anemiya rivojlanishi mumkin. Homilador ayollardagi fiziologik anemiya gidremiya, ya’ni qonning suyuqlashishi sabab rivojlanadi: homiladorlikning ikkinchi yarmida qonning suyuq qismi ortib ketadi, bu esa tabiiy ravishda eritrositlar va ular tashuvchi temirning kamayishiga olib keladi. Bu holat normal hisoblanadi, agarda gemoglobin miqdori 110 g / l dan past bo’lmasa, vitamin va mikroelementlar yetishmovchiligi belgilari sezilmasa; bunday holat patologik kamqonlikni anglatmaydi va qisqa vaqt ichida o’tib ketadi. Homilador ayollarning og’ir anemiyasi homila tashlash, muddatidan oldin tug’ruq, uchinchi trimestrdagi toksikoz, tug’ruq jarayonidagi qiyinchiliklar va tug’ilgan chaqaloqning anemiyasi kabi xavf tug’diradi. Homilador ayollardagi kamqonlikning belgilariga anemiyaning umumiy klinik ko’rinishlari (charchoq, uyquchanlik, asabiylashish, ko’ngil aynishi, bosh aylanishi, terining quruqligi, sochlarning sinuvchanligi) va hid va ta’m istagining o’zgarishlari (bo’r, kesak, xom go’sht yeyishni, o’tkir hidli moddalarni hidlashni xohlash) kiradi. Homilador va emizikli ayollarning yengil anemiyasi tug’ruq va emizish davridan keyin tiklanadi. Biroq, ko’p vaqt o’tmasdan kuzatiladigan takroriy homiladorlikda organizm o’z kuchlarini tiklashga ulgurmaydi va anemiya yanada og’irroq va kuchliroq kechadi, ayniqsa bu vaqt oralig’i 2 yildan kam bo’lsa. Ayol organizmining tug’ruqdan keyingi optimal tiklanish muddati 3-4 yilni tashkil etadi. Mutaxassislar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, laktatsion anemiya ko’pincha kasallikning og’ir bosqichlarida tashxis qilinadi. Kamqonlikning rivojlanishi tug’ruq jarayonidagi qon yo’qotishlar va gipoallergik ovqat ratsioni tufayli yuz beradi. O’z-o’zidan ko’krak suti ishlab chiqarish kamqonlikka sabab bo’lmaydi, balki ovqat ratsionidan ba’zi muhim mahsulotlarni chiqarib tashlash, masalan dukkaklilar (bola qorni damlanmasligi uchun), go’sht va sut mahsulotlari (bolada allergik reaktsiyalarni oldini olish) kamqonlik rivojlanishi ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Tug’ruqdan keyingi kamqonlikning kech tashxislanishi sababi, onalar o’z salomatligiga e’tibor bermasdan, ko’proq bolaga e’tiborli bo’lishidir, ayniqsa, yosh onalar. Bolaning salomatligi onaning o’z salomatligidan ko’ra ko’proq o’ylantiradi, kamqonlikning alomatlari — bosh aylanishi, charchoq, uyquchanlik, diqqatning yo’qolishi, terining rangi xiralashgani — ko’pincha chaqaloqqa qarash bilan bog’liq charchoq tufayli yuzaga kelgan deb qabul qilinadi. Emizikli onalarning temir tanqisligi anemiyasining yana bir keng tarqalgan sababi, temir qo’shimchalarining sutga kirishi va bola oshoqozon-ichak sistemasiga nojo’ya ta’sir qilishi mumkin degan no’tog’ri fikrning mavjudligidir. Bu holat mutaxassislar tomonidan tasdiq topmagan va temir tanqisligi anemiyasi tashxislanganda shifokor buyurgan dori-darmonlar, vitaminlar va minerallarning qabul qilinishi qoldirilmasligi kerak. Ayollar klimaksi davridagi kamqonlik — juda keng tarqalgan holat. Gormonal o’zgarishlar, hayz, homiladorlik, tug’ruq, turli disfunktsial holatlar va jarrohlik amaliyotlari oqibatida surunkali anemiya rivojlanishi, klimaks fonida esa ular yanda kuchayishi mumkin. Ovqatlanishdagi cheklovlar, muvozanatsiz parhezlar, ozish uchun turli preparatlarni qo’llash ham klimaks oldi va klimaks davrida anemiyaga turtki bo’ladi. Klimaks davrida yana ferritin oqsilining kamayishi kuzatiladi, bu ham ta’sir qiluvchi omil sifatida rol o’ynaydi. Kayfiyatdagi o’zgarishlar, charchoq, asabiylik, bosh aylanishi kabi belgilar ko’pincha klimaks alomatlari deb qabul qilinadi va kamqonlik mavjudligi ehtimoli bir chetga surib qo’yiladi, bu esa tashxisning kechikishiga olib keladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko’ra, bolalarning 82 foizi turli darajadagi kamqonlikdan aziyat chekishadi. Gemoglobinning past darajasi va turli etiologiyadagi temir tanqisligi holatlari bolaning aqliy va jismoniy kamchiliklariga olib keladi. Bolalarda kamqonlik kelib chiqishining asosiy sabablari quyidagilardir: Temirga bo’lgan ehtiyoj bolalar yoshiga qarab o’zgarib turadi va balog’atga yeta boshlagach jinsiy omillarga ham bog’liq bo’ladi. Bolalardagi tanqislik anemiyalarni muvozanatli oziqlanish yordamida davolash har doim ham samarali emas, shuning uchun mutaxassislar bola organizmidagi mikroelementlar va vitaminlarni me’yorlashtirish uchun qo’shimcha preparatlardan foydalanish afzal deb bilishadi. Yangi tug’ilgan chaqaloq ona qornidagi rivojlanish davrida onaning tanasidan olingan temir zaxirasi bilan ta’minlangan bo’ladi. O’z qon shakllanishi tiziming nomukammaligi va jadal jismoniy o’sishi muddatida tug’ilgan chaqaloqlarda 4-5 oyligida, erta tug’ilgan chaqaloqlarda — 3 oyligida qonda gemoglobinning fiziologik pasayishi kuzatiladi. Sun’iy va aralash oziqlantirish anemiya ehtimolini oshiradigan xavf omillaridan biridir. Ayniqsa, gemoglobin yetishmovchiligi ko’krak suti va / yoki sun’iy qo’shimchalar o’rnini 9-12 oylikkacha sigir, echki suti, bo’tqalar bilan almashtirish natijasida izchil rivojlanadi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalardagi kamqonlikning belgilari quyidagilarni o’z ichiga oladi: Bu yoshdagi bolalarning o’ziga xos xususiyati — temirni juda yaxshi (70% gacha) o’zlashtira olish qobiliyatidir, shuning uchun ko’p pediatrlar chaqaloqlardagi anemiyada dori-darmonlarga ko’rsatma bermasdan, shunchaki bola ratsionini to’g’irlash, to’liq ona sutiga o’tkazishni belgilashadi. Agar holat og’ir bo’lsa, yoshiga mos ravishda temir qo’shimchalari buyurilishi mumkin. Og’ir anemiya darajalari tashxislanganda, uning rivojlanishi sabablari ovqat ratsionida emas, balki kasalliklar, patologiya va bola organizmnining disfunktsiyalarida bo’lishi mumkin. Anemiya irsiy kasalliklar tomonidan ham chaqirilgan bo’lishi mumkin. Bolalardagi gemoglobin doimiy past darajalarda bo’lsa, ushbu holatning asosiy sababchisini aniqlash va davolash kerak. 2010 yilda o’tkazilgan keng ko’lamli tadqiqot maktabgacha bolalarda kamqonlik temir tanqisligi tufayli yuzaga kelishi va keng tarqalganligi aniqlandi: har ikkinchi bola kam temir miqdori tufayli gemoglobin yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Bunday holatning etiologiyasi turlicha bo’lishi mumkin — lekin ko’pincha hayotning boshlang’ich davrlaridagi bartaraf etilmagan anemiya sabab bo’ladi. Maktabgacha bolalarda kamqonlikka turtki bo’ladigan ikkinchi omil ko’pincha birinchi omil bilan o’xshash. Yetarlicha oziqlanmaslik, oqsil (go’sht mahsulotlari) va vitaminlar (sabzavot) yetishmasligi, chunki tez-tez yarim tayyor mahsulotlar va shirinliklar iste’mol qilish natijasida bola go’sht va sabzavotlarni yeyishni istamay qoladi. Bunday holatlar faqatgina ota-ona tarbiyasiga bog’liq bo’ladi. Agar bolaning ovqatlanishi me’yorda bo’lsa va u baribir kamqonlik alomatlarini namoyon qilsa (terining oqligi, tez charchashi, terining quruqligi, tirnoqlarning mo’rtligi) mutaxassis ko’rigidan o’tish tavsiya etiladi. Har 10 ta kamqon boladan 9 tasida anemiya temir tanqisligi tufayli rivojlangan bo’lsada, 10% holatlarda ushbu holat turli kasalliklar va patologiyalar (seliakiya, leykemiya) tufayli rivojlanadi. 7-11 yoshdagi bolalarda gemoglobin me’yori 130 g / l. Ushbu davrda kamqonlikning belgilari asta-sekin ortib boradi. Rivojlanayotgan anemiya maktab o’quvchilari o’quv faoliyati natijalariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan tez-tez o’tkir respirator virusli va bakterial kasalliklarga chalinish, charchoq, diqqatsizlikka olib keladi. Ta’lim muassasalariga qatnaydigan bolalarda kamqonlik rivojlanishining yana bir muhim omili — oziq-ovqat ratsionini nazorat qila olmaslik. Bu yoshdagi bolalarda hali ham temirni o’zlashtira olish qobiiyati yuqori bo’ladi (10%, kattalarda esa bu ko’rsatkich 3% ga teng), shuning uchun bu yoshdagi bolalarda temir tanqisligi kamqonligini davolash uchun oziq-ovqat ratsionini vitamni va minerallarga boy mahsulotlar bilan to’ldirish muhim sanaladi. Kamharakatlik, toza havoga chiqmaslik va uyda yolg’iz o’tirish, ayniqsa, planshet, smartfon, kompyuter o’ynash bir holatda uzoq qolishga undaydi va u o’z navbatida anemiya keltirib chiqarishu mumkin. O’smirlik davrida kamqonlik xavfi ayniqsa qiz bolalarda hayz siklining boshlanishi bilan ortadi, muntazam qon yo’qotishlar o’z tasirini ko’rsatmay qolmaydi. O’smir qizlarda kamqonlik rivojlanishiga undaydigan ikkinchi omil, ularning tashqi ko’rinishi haqida qayg’urishlari va qomatni to’g’irlash uchun turli xil parhezlar va ovqat ratsioniga turli xil cheklovlar kiritishi bilan bog’liq. Bu davrda tez o’sib-rivojlanish, sport bilan qizg’in shug’ullanish, to’yib ovqat yemaslik har ikki jins o’smirlarga ta’sir qiladi. O’smirlik davridagi anemiya belgilariga ko’z sklerasining ko’kimtirligi, tirnoq shaklining o’zgarishlari, ovqat hazm qilish tizimining buzilish, ta’m va hid o’zgarishlarini o’z ichiga oladi. O’smirlik davrida kasallikning aniq shakllari dori-darmon bilan davolashni talab qiladi. Davolashda mutaxassis topshiriqlariga amal qilinganda qondagi o’zgarishlar 10-12 kundan keyin yuz beradi va 6-8 haftadan so’ng umumiy holatning yaxshilanishi kuzatiladi. Anemiya qon birligida gemoglobin va qizil qon hujayralari (eritrositlar) kontsentratsiyasi kamayishi bilan ifodalanadi. Eritrotsitlarning asosiy vazifasi — to’qimalarda gaz almashinuvi, kislorod va karbonat angidrid, shuningdek oziq moddalar va metabolik mahsulotlar tashuvidir. Eritrosit o’zida gemoglobin degan oqsil saqlaydi, u eritrositga va umuman qonga qizil rang berib turadi. Gemoglobin tarkibida temir mikroelementi mavjud, shuning uchun temirning yetishmasligi kamqonlikka olib kelishi mumkin. Anemiya rivojlanishida uchta asosiy omil mavjud: Omillar va sabablari turiga qarab anemiya quyidagi shakllarga bo’linadi: Kamqonlikning tasnifi uning etiologiyasi, kasallikning rivojlanishi, anemiya bosqichi va diagnostik ko’rsatkichlarga asoslangan holda tasniflanadi. Anemiyaning jiddiyligi qon tahliliga asoslangan va yoshga, jinsga hamda fiziologik davrga bog’liq. Normada sog’lom erkaklarda gemoglobin 130-160 g / l, ayollarda 120 dan 140 g / l, homiladorlik davrida 110 g / l bo’ladi. Anemiyaning yengil holatlari har ikki jinsda ham gemoglobin miqdori 90 g / l dan past bo’lsa tashxislanadi, 70 — 90 g / l gacha bo’lgan holatlar o’rtacha darajadagi kamqonlik va 70 g / l ko’rsatkichidan past bo’lgan gemoglobin miqdori og’ir anemiya bilan ifodalanadi. Anemiyaning patogenezida alohida yoki birgalikda harakat qilishi mumkin bo’lgan uch omil mavjud: Rang ko’rsatkichi gemoglobinning zichlilik ko’rsatkichi hisoblanadi va qon tahlili jarayonida maxsus formula bilan hisoblanadi. Eritrositlar o’lchami — kamqonlik sababini aniqlashda muhim ko’rsatkichdir. Eritrositlarning turli o’lchamlari vaziyatning etiologiyasi va patogenezini aks ettirishi mumkin. Odatda, eritrotsitlar diametri 7-8,2 mikrometr (mkm) bo’ladi. Eritrositlarning o’lchamiga qarab quyidagi shakllari farqlanadi: Suyak iligining qizil qismi eritrosit ishlab chiqarish qobiliyati — eritropoez darajasi qondagi retikulosit, yetilajak hujayralar va yetilmagan hujaryralar sonini aniqlash bilan baholanadi va bu suyak to’qimalarining regeneratsiya qobiliyatini baholashda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Bu tahlil natijasida bemorning holati baholanadi va davolash usullari belgilanadi. Retikulositlarning normal konsentratsiyasi qon birligidagi eritrotsitlar umumiy sonining 0.5-1.2% tashkil qiladi. Retikulotsitlar darajasiga qarab quyidagi shakllar ajratiladi: Kasallikning eng keng tarqalgan shakli — temir tanqisligi anemiyasini xavf mavjud bo’lgan davrlarida temir elementi mavjud mahsulotlari miqdorini oshirish bilan oldini olish mumki9n. Shuningdek ovqat ratsionida vitamin C, kobalamin (vitamin B 12), foliy kislotasi mavjudligi muhim omil hisoblanadi. Agar kishi kamqonlik rivojlanishi ehtimoli yuqori bo’lganlar guruhida bo’lsa (yuqorida keltirilgan), muntazam tibbiy ko’rikdan o’tib turish tavsiya etiladi.Anemiya ( Kamqonlik )
DO`STLARGA ULASHING:
Kattalardagi anemiya holati
Erkaklarda kamqonlik sabablari
Ayollarda anemiya
Homilador ayollardagi kamqonlik
Emizish davridagi anemiya
Klimaks davri anemiyasi
Bolalardagi kamqonlik
Chaqaloqlardagi kamqonlik
Maktabgacha yoshdagi bolalarning anemiyasi
Boshlang’ich maktab yoshidagi bolalarda anemiya
O’smirlik davri anemiyasi
Kamqonlikning sabablari
Anemiyaning tasnifi
Holatning og’irligi bo’yicha tasniflash
Anemiyaning rivojlanish mexanizmi bo’yicha tasniflash
Rang ko’rsatkichi bo’yicha tasniflash
Morfologik xususiyatlari bo’yicha tasniflash
Suyak iligining qayta tiklanish qobiliyatini baholashga asoslangan tasnif
Kamqonlikning oldini olish usullari
Anemiya ( Kamqonlik )