ANEMIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANEMIYA haqida malumot bilib oling.

ANEMIYA (Anaemia) — qirqquloqdoshlarta mansub koʻp yillik sporali oʻsimliklar turkumi (urugʻi). Sporasiz barglari patsimon. Sporali barglarining yaproklari qisqargan, oʻqtomiri uzaygan. Sporalari bargning faqat eng pastidagi bir juft yaproqchalarida joylashgan. 140 dan ortiq turi bor. Shundan 96 ga yaqini Amerika, Afrika va Madagaskarning tropik yerlarida keng tarqalgan, bir turi Hindistonda oʻsadi, 50 ga yaqin turi qazilma holda uchraydi. Anemiyaning changi va barg izlari Turkiston va b. joylarning yura va, asosan, boʻr qatlamlaridan koʻplab topilgan. Oʻzbekistonda Anemiyaning 10 tacha qazilma turi maʼlum. Ularning kupchiligi Hisor togʻlari, Fargʻona vodiysining jan. hududlari, Fargʻona togʻlarining shim. qismi, Buxoro, Xiva depressiyasining yura va bur qatlamlaridan topilgan.

Ensiklopediya.uz
ANEMIYA