Androidda kutubxona yaratish va nashr qilish

Androidda kutubxona yaratish va nashr qilish

Androidda kutubxona yaratish va nashr qilish

Ushbu maqolada biz o’z Android kutubxonamizni yaratamiz va uni nashr qilamiz. Kutubxonani nashr qilish orqali siz kutubxonadan kelajakdagi har qanday loyihangizda foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, boshqalar kutubxonadan o’z loyihalarida foydalanishlari mumkin.

Shunday ekan, keling, boshlaylik:

Androidda kutubxona yaratish

Android Studio-ni oching va yangi loyiha yarating. Loyihangizni ToasterExample deb nomlang.

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b5338162c

Finish tugmasini bosing va loyihangiz tayyor bo’ladi.

Endi loyihangizda yangi modul yarating
androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b534077ab

Chap tomonda chiqib turgan bo’limlardan Android library-ni tanlang.

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53490f63

Modulga nom berib Finish tugmasini bosing.

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b5351f300

Endi biz kutubxonamizga kod qo’shishimiz kerak. Modulingizda yangi class yarating va bu classga ToasterMessage nom bering.

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b535dc5dd

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b5366effb

import android.content.Context
import android.widget.Toast
class ToasterMessage {
    companion object {
        fun show(context: Context, message: String) {
            Toast.makeText(context, message, Toast.LENGTH_SHORT).show()
        }
    }
}

Biz kontekst va string messageni funksiyaga parametr sifatida qabul qilamiz va toast xabarini ko’rsatamiz.

Shunday qilib, kutubxonamiz tugadi va endi kutubxonani nashr etish vaqti keldi. Kutubxonani nashr qilish uchun biz JitPack-dan foydalanamiz, chunki u kutubxonani nashr etish jarayonini ancha osonlashtiradi. Sizga kerak bo’lgan yagona narsa — github repository.

Android kutubxonasini nashr qilish

Birinchi navbatni loyihamizni Githubga yuklaymiz.

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b536f1dde

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53778227androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b537ef19f

Qisqa vaqt ichida project githubga yuklanadi.

Eslatma: Agar sizda github accountingiz bo’lmasa github.com saytidan ro’yxatdan o’tishingiz va git texnologiyasini o’rganib chiqishingiz zarur bo’ladi.

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b538880a1

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b5391a71f

Yangi reliz yaratishga bosing. Shundan keyin tag tanlash qismida kutubxonani versiyasini kiriting.

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b5399768f

Kutubxonaga qisqacha ma’lumot yozing

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53a13b28

Publish tugmasini bosing.androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53a8bd3c

jitpack.io saytiga kiring. Login qiling.

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53b029f8

Qidiruvda loyiha nomini yozing.

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53b77ae9

Qisqa muddat kutubxonani yaratish jarayoni amalga oshiriladi.

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53be9d45

Kutubxonani yaratishda xatolik ro’y berdi. Xatolikni to’g’irlaymiz.androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53c6b2dc

Xatolikni sababi jitpack.yml fayli qo’shilmaganidan va .gradle (module:library) ga publish qilish uchun ba’zi qo’shimchalaridan qo’shilmaganidan ekan.

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53cede66

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53d69939

Gitga qaytadan push qilib kutubxona versiyasini o’zgartiramiz.

Ikki marta urinishdan so’ng kutubxona yaratildi.

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53e0b93a

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53e769fd

Tabriklaymiz, Android kutubxonangiz nashr etildi va foydalanishga tayyor.

Android kutubxonasidan foydalanish

Endi siz ushbu android kutubxonasidan istalgan loyihangizda foydalanishingiz mumkin.

Loyihangizga settings.gradle-ga quyidagi qatorni qo’shing.

maven { url 'https://jitpack.io' }

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53f0b4f7

va ilovangiz build.gradle-ga kutubxonani qo’shing

implementation 'com.github.Uzmobiler:toasterexample:0.0.3'

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b53f7c9ce

androidda kutubxona yaratish va nashr qilish 65e4b54004ad1Maqolada androidda kutubxona yaratish bo’yicha har qanday savollaringiz bo’lsa izohlarda berishingiz mumkin.

https://github.com/Uzmobiler/toasterexample

🤝 Bilim ulashish yo’lida bu maqolani dasturlashga qiziquvchilar bilan bo’lishing.

Manba:

Android Dasturlash
Androidda kutubxona yaratish va nashr qilish