
ANDIJONKABEL AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida malumot bilib oling.
«ANDIJONKABEL» AKSIYADORLIK JAMIYATI — elektr texnika sanoati korxonasi, Andijon viloyatining Xonobod sh. da joylashgan. «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. 1985—94 y. larda «Andijonkabel» i. ch. birlashmasi. 1994-y. dan hoz. nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Turli markadagi kabellar, elektr uskunalari va elektr tarmoqlari uchun simlar — mis, jez (mis va rux qrtishmasi), nikel simlari va simtoʻrlari, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqaradi.
1982—85 y. larda korxonaning 1-navbati, 1987-y. da 2-navbati qurilib, ishga tushirilgan. Korxonaning 2-navbati ishga tushirilgandan keyin quvvati yiliga 823 ming km elektr simlari, 520 ming m2simtoʻrlar i. ch. ga yet-kazildi. 1988-y. da Finlyandiyaning «Nokiya» firmasida tayyorlangan liniyalar oʻrnatildi va yiliga 30 ming shartli km shahar telefon kabellari i. ch. oʻzlashtirildi. 1986-y. da korxonaning filiali boʻlgan Topolino roʻzgʻorbop kabel mahsulotlari z-di ishga tushirilgan.
Ensiklopediya.uz
ANDIJONKABEL AKSIYADORLIK JAMIYATI