Andijon viloyatida joylashgan Davlat xizmatlari markazlari

Andijon viloyatida joylashgan Davlat xizmatlari markazlari

12

Samarqand viloyatida Davlat xizmatlari markazlari faoliyati qoniqarlimi?

Kun.uz sayti viloyatlardagi davlat xizmatlari markazlari faoliyati, ularda xizmat ko‘rsatish sifati, yaratilgan sharoitlar haqida maqolalar berib bormoqda.

Ta’kidlash joizki, 2017 yil 1 fevraldan Yagona markazlarning tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuzilmasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilishi mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadam bo‘lib, vertikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish imkonini berdi.

2018 yil 1 yanvardan ular Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) aylantirildi.

Albatta, ushbu markazlar aholiga bir qator qulayliklar yaratdi. Birinchi navbatda jismoniy va yuridik shaxslarning idoralararo sarson bo‘lishi va ortiqcha vaqt sarflashlariga chek qo‘yildi. Endilikda fuqarolar emas, balki hujjatlar harakatlanishi asosiy mezon sifatida belgilandi. Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari soni bosqichma-bosqich amalga oshirib borilmoqda.

Kun.uz tomonidan bu boradagi navbatdagi o‘rganish Samarqand viloyatining shahar va tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlarida olib borildi.

Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatish namunali yo‘lga qo‘yilgan. Markazda murojaatchilar uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgan. Tartibli navbat joriy etilgan. Murojaatchilar markazda o‘rnatilgan maxsus infokioskda ERI (elektron raqamli imzo) kaliti orqali bemalol foydalanish, kerakli ma’lumotnomani esa shu infokioskning o‘zida chop qilib olish imkoniyatiga ega.

Sayyor xizmatlar ko‘rsatish maqsadida maxsus jihozlangan avtomobillar mavjud.

Markazga kelgan fuqarolar bilan suhbatlashganimizda, ular bu yerda yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlardan mamnunligini aytib o‘tishdi.

Kattaqo‘rg‘on tuman davlat xizmatlari markazida murojaatchilar uchun yetarlicha sharoit yaratilgan. Tartibsiz navbatlar uchramaydi. Markazga o‘rnatilgan infokiosk soz holatda ishlab turibdi. Ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish uchun markazning o‘zida bank shoxobchasi tashkil etilgan.

Tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2019 yilning 1-choragida jismoniy va yuridik shaxslarga jami 16221ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Bugungi kunda ham markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 100dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, haftaning shanba va yakshanba kunlari tumanning olis hududlardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim maskanlarida sayyor uchrashuvlar, targ‘ibotlar hamda sayyor ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda.

O‘rganish davomida murojaatchilar bilan ham suhbatlashdik. Ular markazda yaratilgan sharoitlar qoniqarli ekanligini bildirishdi.

Paxtachi tuman davlat xizmatlari markazida kichik bo‘lsa-da, kutish zali mavjud. Markaz xodimlari murojaatchilarga navbati bilan davlat xizmatlari ko‘rsatmoqda. Infokiosk soz holatda ishlab turibdi.

Markaz direktori Sunnat Jumanov biz bilan suhbatda markaz uchun barpo etilayotgan yangi binoda barcha zarur sharoit va qulayliklar yaratilishini ta’kidladi.

Joriy yilda 1 mart kuniga qadar markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 6496ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Narpay tuman davlat xizmatlari markazi faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishganimizda asosiy muammo ko‘rsatilgan davlat xizmatlariga to‘lovni amalga oshirish uchun murojaatchilar 1,5-2 kilometr uzoqlikdagi bankka borishga majburligidir. Markazda bank shoxobchasi mavjud emas.

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 299 ming 406dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. 11 ming 441ta tadbirkorlik sub’yekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shulardan 3 ming 443tasi yuridik shaxs bo‘lib, 7973tasi yakka tartibdagi tadbirkor va 25tasi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalardir.

Markaz xodimlari dam olish kunlari ham olis hududlarga chiqib aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatmoqda. Uyma-uy yurib, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va markazlar orqali xizmatlardan foydalanishning afzalliklari, qulayliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib bormoqda.

Viloyatdagi davlat xizmatlari markazlari ilgari sobiq «yagona darcha» markazi davrida nechta shtat birligi va qaysi binoda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa hozir ham aksariyat markazlari o‘sha xodimlari va o‘sha binoda ishlab fuqarolarga imkon qadar sifatli xizmatlarni ko‘rsatmoqda.

Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3701-sonli qarori bilan, hududlarda mavjud davlat xizmatlari markazlariga davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida zamonaviy infrastrukturaga ega bo‘lgan yangi bino qurilishini ta’minlash choralarini ko‘rish va eng so‘nggi modellardagi orgtexnika vositalari bilan jihozlash vazifalari belgilangan. Bu borada markazlarda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlat xizmatlari markaziga kelgan fuqaroni ortiqcha vaqtini olmaslik maqsadida agentlik tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan, xodimlar tushlik vaqtida ham o‘z xizmat vazifalarini bajarmoqda. Ya’ni, ish jarayoni to‘xtab qolmasligi maqsadida tushlikka navbatma-navbat borib kelish tizimi joriy qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan, agentlik va uning hududiy boshqarmalariga 215-5-moddasi bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy chora qo‘llash vakolati berilgan. Shunga ko‘ra, bugunga qadar boshqarma tomonidan vakolatli idora xodimlariga nisbatan 100dan ortiq ma’muriy bayonnomalar tuzilgan, taqdimnoma va ogohnomalar berilgan.

Ayni vaqtda Past Darg‘om tumani davlat xizmatlari markazida tajriba tariqasida boshqa markazlarga nisbatan qo‘shimcha ravishda yana 31ta talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan. Fuqarolarga milliy haydovchilik guvohnomalarining yangi namunalarini berish, fuqarolik holati dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish, tug‘ilganlik va o‘lim haqidagi guvohnomalarni taqdim qilish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini o‘rnatishga ariza berish ham markaz orqali amalga oshirilmoqda.

Bardoshbek SAMAD o‘g‘li,
Kun.uz muxbiri.

Andijon viloyatida joylashgan Davlat xizmatlari markazlari

Hurmatli abituriyentlar, xabaringiz bor, 2020 yildan boshlab oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari uchun hujjat topshirish to‘liq holda Davlat test markazining rasmiy veb sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlari markazlarining manzillarini viloyatlar kesimida berib boramiz.

Andijon viloyatida joylashgan davlat xizmatlari markazlari

Markaz nomi

Xizmat telefoni

Pochta manzili

Ish vaqti

1

Andijon shahar
Davlat xizmatlari markazi

Andijon shahri, Navoiyshoh koʻchasi, 73-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

2

Andijon tuman
Davlat xizmatlari markazi

Andijon tumani, Kuyganyor shaharchasi, Baynalminal koʻchasi, 1-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

3

Asaka tuman
Davlat xizmatlari markazi

Asaka tumani, Gʻulom Yoqubov koʻchasi, 8-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

4

Baliqchi tuman
Davlat xizmatlari markazi

+99874 323-10-11
+99895 203-41-10

Baliqchi tumani, I. Xudayberdiyev koʻchasi, 1-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

5

Buloqboshi tuman
Davlat xizmatlari markazi

Buloqboshi tumani, M. Ismoiliy koʻchasi, 1-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

6

Boʻz tuman
Davlat xizmatlari markazi

Boʻz tumani, Ulugʻbek koʻchasi

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

7

Jalaquduq tuman
Davlat xizmatlari markazi

Jalaquduq tumani, Oʻzbekiston koʻchasi, 62-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

8

Izboskan tuman
Davlat xizmatlari markazi

Izboskan tumani, Poytugʻ shahri,
Naqshband koʻchasi, 19-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

9

Marhamat tuman
Davlat xizmatlari markazi

Marhamat tumani, Mustaqillik koʻchasi, 117-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

10

Oltinkoʻl tuman
Davlat xizmatlari markazi

Oltinkoʻl tumani, Markaz MFY, Chinobod koʻchasi, 4-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

11

Paxtaobod tuman
Davlat xizmatlari markazi

Paxtaobod tumani, A.Temur koʻchasi, 41-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

12

Qorasuv shahar Davlat xizmatlari markazi

Qorasuv shahri,
Boburshoh koʻchasi, 147-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

13

Qoʻrgʻontepa tuman
Davlat xizmatlari markazi

Qoʻrgʻontepa shahri, Andijon koʻchasi, 3-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

14

Xoʻjaobod tuman
Davlat xizmatlari markazi

Xoʻjaobod tumani, Uzun koʻchasi, 11-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

15

Xonobod shahar
Davlat xizmatlari markazi

Xonobod shahar, Xonobod koʻchasi, 132-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

16

Ulugʻnor tuman
Davlat xizmatlari markazi

Ulugʻnor tumani, Shahriobod MFY, Mustaqillik koʻchasi, 3-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

17

Shahrixon tuman
Davlat xizmatlari markazi

Shahrixon tumani, Shahrixon shoh koʻchasi, 14-uy

Dushanba – Juma
9.00 – 18.00

Mavzuga doir

Eslatma: Bitiruvchilar oliygohga kirishi uchun ID-kartasi bo‘lishi kerak

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 22-iyulga qadar davom etadi

20-iyun kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi

Bu yilgi test imtihonlariga kirish uchun 122 ming 500 so‘m to‘lashingiz kerak bo‘ladi

Andijon viloyatida joylashgan Davlat xizmatlari markazlari

Qiziqarli malumotlar
Andijon viloyatida joylashgan Davlat xizmatlari markazlari