ANDIJON QORA UZUMI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANDIJON QORA UZUMI haqida malumot bilib oling.

ANDIJON QORA UZUMI, Qora andijoniy, Qora — xalq seleksiyasida chiqarilgan oʻrtapishar xoʻraki va mayizbop uzum navi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi toʻgarak, besh boʻlmali, kertikli, toʻq yashil, orqa tomoni tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi choʻziq, 250-300 g, shingillari tigʻizligi oʻrtacha. Gʻujumi yirik, dumaloq, rangi tim qora, poʻsti yupqa, tarang, eti shirali, tarkibida 25—27% qand moddasi bor. Hosili faol harorat 2700-2750° boʻlganda 128—140 kunda pishib yetiladi (avg. oxiri). Hosildorligi 150—200 s/ga. Zamburugʻli kasalliklar va zararkunandalarga chidami oʻrtacha, sovuqqa chidamsiz. Fargʻona va Andijon viloyatlarida keng tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
ANDIJON QORA UZUMI