ANDIJON QISHLOQ XOʻJALIGI INSTITUTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANDIJON QISHLOQ XOʻJALIGI INSTITUTI haqida malumot bilib oling.

ANDIJON QISHLOQ XOʻJALIGI INSTITUTI — q. x. mutaxassislari tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Andijon tumanining Kuyganyor shaharchasida joylashgan. In-t 1964-y. da Toshkent irrigatsiya va q. x. ni mexanizatsiyalash injenerlari in-ti boʻlimi asosida barpo etilgan Andijon paxtachilik in-ti negizida 1992-y. 28 fevr. da tashkil etilgan. In-t tarkibida agronomiya, agroinjenerlik, iqtisodiyot, sirtqi va malaka oshirish f-tlari va 21 kafedra mavjud boʻlib, 10 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi. Bular — agronomiya, meva-sabzavotchilik va tokchilik, oʻsimliklarni himoya qilish, ipakchilik, zootexniya, agroinjenerlik, suv xoʻjaligi va melioratsiya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit, agroinjenerlik boʻyicha kasbiy pedagogik tayyorgarlik taʼlim yoʻnalishlaridir. In-t qoshida akademik litsey, litsey-internat va oʻquv-ilmiy i. ch. xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi (2000).

1999/2000 oʻquv yilida in-tda 3 ming atrofida talaba oʻqidi; 200 prof.oʻqituvchi, jumladan 1 akad., 7 fan d-ri, prof., 100 dan ortiq fan nomzodi, dotsent ishladi. In-t tashkil etilgandan beri 12 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi; 4 ming rahbar kadrlar va mutaxassislar qayta tayyorlandi (2000). In-t olimlari tomonidan darslik, oʻquv qoʻllanma, ilmiy-metodik toʻplamlar nashr etiladi.

In-t olimlari xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy oʻquv yurtlari bilan oʻquv jarayonini takomillashtirish va i. t. ishlarni hamkorlikda olib borish borasida aloqalar oʻrnatgan. Jumladan Shotlandiya q. x. kolleji va TEMRUSDESPES loyihasi boʻyicha Niderlandiyaning Vagenigen un-ti bilan hamkorlik qiladi; shuningdek Toshkent irrigatsiya va q. x. ni mexanizatsiyalash injenerlari in-ti olimlari bilan hamkorlikda BASIS loyihasida ham ishtirok etadi.

Ensiklopediya.uz
ANDIJON QISHLOQ XOʻJALIGI INSTITUTI