ANDALUZIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANDALUZIT haqida malumot bilib oling.

ANDALUZIT (Ispaniyaning Andalusiya viloyati nomidan) — orolsimon silikatlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Al2Si05. Qattiqligi 7 — 7,5. S. ogʻ. 3,1 — 3,2. Shishasimon yaltiroq, oʻtga chidamli. Oq, kulrang shaffof, pushti-qizil, qoʻngʻir-yashil rangli kristallari va ularning agregatlari metamorfik jinslarda uchraydi. Andaluzit chinnisozlik, alyuminiy, elektrometallurgiya sanoatida oʻtga chidamli material sifatida ishlatiladi. Zabaykalyeda, Oʻzbekistonda Zirabuloq-Ziyovuddin va Nurota togʻlarida keng tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
ANDALUZIT