ANDALIB haqida malumot bilib oling.
ANDALIB (Bulbul) (asl ismi Nurmuhammad Gʻarib; taxm. 1712—Urganch — 1780) — turkman shoiri. Oʻzbek va turk-man tilida yozgan. Xiva madrasalarida oʻqigan. Andalib mumtoz adabiyotning gʻazal, ruboiy, murabba, muxammas, musaddas, musabba, muvashshax va b. janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy, Jomiy gʻazallariga muxammaslar boglagan. Sheʼrlarida insonning zamon, hayot bilan munosabatlari aks etgan. Xalq ogʻzaki ijodidan foydalanib, his-tuygʻularni sodda va ravon ifodalashga erishgan. 1200 miyeraga yaqin sheʼr hamda bir necha dostonlari bizgacha yetib kelgan. «Layli va Majnun», «Tohir va Zuhra», «Yusuf va Zulayho», «Zayn ularab», «Saʼd Voqqos», «Bobo Ravshan», «Malikai Mehrinigor», «Oʻgʻiznoma» kabi dostonlarida mumtoz dostonchilikning eng yaxshi xususiyatlari mujassamlashgan. «Nasimiy» dostonida ozar shoiri Nasimiy hayoti va ijodi aks etgan. Mashrabga taqlidan yozgan sheʼrlari oʻzbek va turkman xalqlarining sevimli qoʻshiqpariga aylangan. Andalib asarlarining qoʻlyozmalari va toshbosma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshu-noslik in-tida saqlanadi.
As: Layli va Majnun, Oʻzbek adabiyoti, 4-jild, 2-kitob, T., 1960.
Ensiklopediya.uz
ANDALIB