Anatomiya kitob uzbek tilida

Anatomiya kitob uzbek tilida

tog‗ayning tashqi ko‗inishi xira shishaga uxshagan (shishasimon tog‗ay nomi

Anatomiya fanining qisqacha tarixi

Toshkent tibbiyot akademiyasi odam anatomiyasi, klinik anatomiya va operativ jarrohlik asoslari kafedrasi

Anatomiya fanining qisqacha tarixi

Anatomiya fanining qisqacha tarixi

Anatomiya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish yo‗lini bosib o‗tdi.

Ammo qadim zamonlarda hukm surgan diniy aqidalarga ko‗ra, murdalarni kesib

o‗rganish gunox hisoblangan. Shuning uchun murdalarni kesib o‗rganishga

intilganlar xatto o‗lim jazosiga ham xukm etilgan. Binobarin, odam organizmini

yorib o‗rganish ilmiy tibbiyot davridan ancha keyinroq boshlangan. Lekin qadimiy

Misrda va Vavilonda eramizdan III – II ming yil oldin ko‗zga kuringan shaxslarning

murdalarini mumiyolash odat bulganligi sababli, ba‘zi bir a‘zolarning tuzilishi

tug‗risida Yuzaki bulsa ham ma‘lumotlar bo‗lgan. Jumladan, xind tabibi Bxaskara

Bxatshe eramizdan avvalgi X asrga mansub bo‗lgan. “Anatomiya targ‗iboti” asarida

a‘zolar, muskullar, qon tomirlar va nervlar tug‗risida Yuzaki ma‘lumotlarni

Anatomiyaning haqiqiy rivojlanish davri qadimiy Yunonlar mamlakatidan

boshlangan. Yunonistonda ruxoniylar hukmron bulganligi tufayli kupgina fanlar

qatori tibbiyot fani ham yaxshi rivojlangan: jumladan, Kos va Knidos maktablari

tashkil etilgan. Bu maktablarda boshqa olimlar bilan bir qatorda Gippokrat, Pifagor,

Arastu (Aristotel) kabi allomalar ham tarbiya topganlar.

Buqrot (Gippokrat) (eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashagan) – tibbiyot

sohasida o‗zigacha bo‗lgan ma‘lumotlarni to‗plagan, kuzatish va tekshirishlari

asosida 72 ta asar yozgan. Tibbiyot fanida bu qo‗llanmalardan 2000 yil mobaynida

foydalanib kelindi. Buqrot Yurak va qon tomirlar tuzilishi tug‗risida ham

ma‘lumotlar bergan, ammo nervlarni paylardan ajrata olmagan.

Yunonistonning atoqli olimi, faylasufi va anatomi. U nervlarning paylardan farqi

borligini isbotlagan. Qon tomirlar Yurakdan boshlanishini va “aorta”ni birinchi marta

Gerofil (taxminan eramizdan oldingi 300-yilda tug‗ilgan) – Aleksandriya

shahrida o‗qigan va saroy tabibi bo‗lib ishlagan. Gerofil a‘zolarning ichki tuzilishiga

qiziqib, ularni birinchi marta kesib o‗rgangan (anatomiya – anatomeo, ya‘ni

“kesaman”, “yoraman”) so‗zi ham ana shundan kelib chiqqan. Olim ko‗prok

muskullarni, Yurakni, qon tomirlar va periferik nerv sistemalarini o‗rganib, birinchi

bo‗lib xarakatchan va sezuvchan nervlarni aniqlagan.

Antik davrda tibbiyot va jumladan anatomiya fani unchalik rivojlanmagan.

Shunga qaramasdan qadimiy Rimda Ruf, Jolinus (Galen) kabi olimlar yetishib

chiqqan, bular tarixda birinchi bo‗lib anatomiyaning lotincha atamalarini tuzishgan.

Jolinus Xakim (Klavdiy Galen, 130-210) – anatomiya, fiziologiya, falsafa va

biologiya fanlarini mukammal o‗rgangan. Olim Aflotun va Arastuning idealistik

g‗oyalarini quvvatlab, organizm o‗z vazifalarini uch xil rux orqali bajaradi: birinchisi

– jigarda paydo bo‗lib, venalar orqali, ikkinchisi – Yurakda paydo bo‗lib,arteriyalar

vositasida organizmga tarqaladi, uchinchisi esa miyada paydo bo‗lib, nervlar orqali

organizmning barcha qismlarini idora qiladi, degan xulosaga kelgan. U suyaklar,

muskullar, bosh va orqa miya anatomiyasini o‗rgangan.

Jolinus hayvonlar Yuragini va qon tomirlarini o‗rganib, arteriyalarda havo

emas, balki qon oqishini birinchi bo‗lib isbotlagan. U davrda odam anatomiyasini

murdalarda o‗rganish mumkin bo‗lmaganligi tufayli olim odam a‘zolari

anatomiyasini hayvonlarda o‗rganishga majbur bo‗lgan. Shu boisdan Jolinusning

odam organizmining tuzilishi xaqidagi ma‘lumotlari xatolardan xoli emas.

O‗rta (V – XI) asrlarda dinning fan rivojiga to‗siqinlik qilishiga qaramasdan

o‗rta Osiyoda bir qancha mashhur olimlar yetishib chiqdi. Ana shulardan biri buYuk

alloma Abu Ali ibn Sinodir (980-1037). U falsafa, adabiyot, matematika, kimyo,

astronomiya, musiqashunoslik va tibbiyot bilan shug‗ullangan. U Buxoro shaqri

yaqinidagi Afshona. Qishlog‗ida tug‗ilgan. Dastlabki ilmni Buxoroda olgan va 17

Yoshlik chog‗idayoq ko‗pgina fanlarni mukammal egallagan. Abu Ali ibn Sino

Xorazm va Eronda saroy tabibi bo‗lib xizmat qilgan. Tibbiyotdagi misli ko‗rilmagan

buYuk va ajoyib xizmatlari, kashfiyotlari uni butun dunyoga mashxur etgan.

Ibn Sino 100 dan ortiq asar yaratgan, bulardan eng kattasi – “Tib qonunlari”

1000- yillarda yozilgan. Kitob 5 jildli bo‗lib, birinchi tomi anatomiya va

fiziologiyaga bag‗ishlangan. Ibn Sino o‗zining bu buYuk va o‗lmas kitobida tibbiyot

soxasidagi dunyoda bo‗lgan barcha ma‘lumotlarni to‗plabgina qolmasdan, o‗z

kuzatishlari, tekshirishlari va tushunchalari bilan fanni yanada boyitgan. Kitob turli

tillarda qayta-qayta nashr qilingan, dunyodagi xamma mamlakatlarda 600 yildan

ziyodroq muddat ichida tibbiyot bilim Yurtlarida asosiy o‗quv qullanmasi bo‗lib

xizmat qilib kelgan va xanuzgacha hizmat qilmoqda.

Ibn Sino organizmni o‗rganishda odam konstitusiyasiga birinchi bo‗lib e‘tibor

berdi. “Tib qonunlari” tomlarida ichki kasalliklar, xirurgiya, farmakologiya, gigiena

va tibbiyotning boshka qismlari tug‗risida batafsil ma‘lumotlar berilgan. “Tib

qonunlari” o‗zbek tilida birinchi marta 1954-1956 yillarda Toshkentda bosilib

Vilyam Garvey (1578-1657) anatom va fiziolog bo‗lib, o‗z kuzatishi va

tajribalari asosida 1628 yilda e‘lon qilingan “hayvonlarda Yurak va qon xarakati

to‗g‗risida anatomik tekshirishlar” degan ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish

sistemalarini tarixda birinchi marta ilmiy ravishda isbotlab bergan. Garvey qonni

arteriyadan venaga ko‗zga ko‗rinmaydigan mayda tomirchalar orqali o‗tadi, deb

M. Malpigi (1628-1694) 1661 yilda arteriya bilan venani bir-biriga qo‗shib

turadigan kapillyarlar borligini mikroskop ostida ko‗rib isbotladi.

Frederik RYuish (1638-1731) gollandiyalik dorixona xizmatchisi, botanik va

anatom. qon tomirlarga rangli moddalar Yuborib o‗rgangan va preparatlar

Uyg‗onish davrida (XP – XIII asrlarda) anatomiya faniga qiziqish Italiyada,

keyin Fransiyada ochilgan tibbiyot maktablarida yangitdan boshlanadi. Olimlarning

talabi bilan har besh yilda bir marta murdani ochib o‗rganishga ruxsat berilgan.

Natijada dunyoda birinchi marta (1326 y.) Mondino da LYusi (1275-1327) ikki

murdani o‗rganib, olingan ma‘lumotlar asosida anatomiya darsligini yozdi.

Leonardo da Vinchi (1452-1519) Uyg‗onish davrining buYuk allomasi,

italiyalik rassom, matematik, injener va faylasufdir. Odam portretlarini to‗g‗ri chizish

maqsadida 30 dan ortiq murdani kesib o‗rgangan va a‘zolar rasmini chizib chiqqan. U

dunyoda birinchi bo‗lib muskullarning ishlash dinamikasini o‗rganib, shu bilan

plastik anatomiyaga asos solgan.

Andrey Vezaliy (1514-1564) Venesiya dorilfununida anatomiya professori

bo‗lib ishladi. U juda ko‗p murdalarni kesib o‗rgandi, hayvonlarda tajriba o‗tqazdi.

Shular asosida 1538 yili “Anatomiya jadvallari” atlasini va “Odam tanasining

tuzilishi to‗g‗risidagi etti kitob” ni yozdi.

Vezaliyning anatomiya soxasidagi asarlariga I.P. Pavlov “Vezaliyning asari

insoniyatning yangi tarixdagi qadimiy mualliflarni takrorlamaydigan mustaqil

tadqiqotdir, bu kitob odam anatomiyasidan aql-idrokka tayanadigan birinchi

asardir”,- deb baxo bergan.

Gabriel Fallopiy (1523-1562) tarixda birinchi bo‗lib kalla suyaklarining

tuzilishi va taraqqiyoti, muskullar, jinsiy a‘zolar, bachadon nayi (bu a‘zo muallif

nomi bilan ham ataladi), eshituv va ko‗ruv a‘zolarini o‗rganib “Anatomik

kuzatishlar” kitobini yozgan.

B. Yevstaxiy (1510-1574) Vezaliyning anatomiyadagi ayrim xatolarini

aniqladi va tuzatdi. U ko‗proq, a‘zolarning rivojlanish jaraYoni bilan shug‗ullandi.

Tishlar, buyraklar, eshituv a‘zolarini o‗rganib, birinchi marta halqum bilan o‗rta

quloq bo‗shligini qo‗shib turuvchi eshituv yo‗lini (bu a‘zo shu olim nomi bilan xam

ataladi) aniqladi. Yevstaxiy anatomiya soxasidagi tadqiqotlari natijalarini 1714 yilda

“Anatomiya qo‗llanmalari” nomi bilan nashr ettirdi.

XVIII asrda anatomiya yangi ma‘lumotlar va topilmalarga yanada boyidi.

Jumladan, I. Mekkel (1714-1774) Yonbosh ichak, ichakda saqlanib qolgan

qo‗shimcha o‗simta (Mekkel divertikuli) ni, qanot-tanglay va jag‗ osti nerv

tugunchalarini, uch shoxli nerv tugunining joylashgan chuqurchasini tasvirlab berdi.

I. Gasser (1727-1779) uch shoxli nerv tugunini aniqladi.

I. Purkine (1787-1869) suyak hujayralari, Yurak muskullaridagi alohida

o‗tqazish tolalari (Purkine tolasi) va nerv tolalarining mikroskopik tuzilishini

Rossiyada XVII asrgacha vrachlar chetdan taklif etilib, faqat imperator

saroylaridagina xizmat qilganlar. Ammo XVII asr o‗rtalarida toun zpidemiyasi

Moskvada birinchi tibbiyot maktabining (1654 y.) ochilishiga sabab bo‗lgan. Bu

maktabda anatomiya Vezaliyning “Odam tanasining tuzilishi to‗g‗risida”gi

qo‗llanmasidan o‗qitilgan. Ammo mavjud maktablarni bitirgan talabalar usha davrda

tibbiyotga bo‗lgan eqtiyojni qondira olmaganlar. Shuning uchun Petr I (1715)

Peterburgda va Kronshtadtda (1717), keyinchalik boshqa shaharlarda ham harbiy

gospitallar qoshida tibbiyot maktablari ochtirgan. Petr I birinchi navbatda tibbiyot

asosi bo‗lmish – odam anatomiyasi fani bilan shug‗ullanishga da‘vat etgan, o‗zi ham

anatomiyani o‗rgangan. U Gollandiyada bo‗lgan vaqtlarida anatomiyani, anatom va

botanik F. RYuishdan o‗rgangan va preparatlar tayyorlagan. Petr I RYuishdan

anatomik preparatlar sotib olib, Peterburgdagi tabiat-ilmiy muzeyi ajoyibxonasiga

qo‗ygan. Preparatlarning bir qismi hozirda ham saqlanib qolgan. Petr I ning

tashabbusi bilan 1798 yilda Peterburgda Tibbiyot Akademiyasi tashkil etilgan.

Akademiyada ishlagan olimlardan biri ulug‗ rus mutafakkiri, tabiatshunos olim,

fizika va matematikani yaxshi bilgan M.V. Lomonosov bo‗lgan.

M.V.Lomonosov (1711 -1765) Rossiyada nervizm g‗oyalarini targ‗ib qilgan,

anatomiyani o‗rganishga da‘vat etgan va tabiatshunoslik faniga asos solgan olim

bo‗lgan. Organizmdagi ko‗zga ko‗rinmaydigan mayda zarrachalarni o‗rganishda

mikroskopning axamiyatini kursatib berdi.

M.V. Lomonosov tashabbusi bilan ochilgan dorilfunun (1755) qoshida tibbiyot

N.I. Pirogov (1810-1881) rus xarbiy-dala jarroxligining asoschisi va topograf

anatomidir. U odam organizmidagi a‘zolarni muzlatib, sotirib, qavatma qavat qilib

kesib o‗rgangan va juda ko‗p preparatlar tayyorlab, rasmlarni chizdirgan. N. I.

Pirogov organizmdagi fassiyalar, muskullar va qon tomirlarni o‗rgandi. Olim

o‗zining ko‗p yillik ilmiy mexnatini yakunlab “Muzlatilgan murdalarni arralab

o‗rganilgan topografik anatomiya” atlasini (1859) yozdi.

V.I. Bes (1834-1894) Kiev dorilfununining professori, anatom. U bosh

miyaning pustloq, qavatini, buyrak usti bezi va jigardagi qon aylanish tartibini

D.N. Zernov (1843-1917) moskvalik anatom. Bosh miyani o‗rganib dunyodagi

turli millat vakillarining bosh miyasi tuzilishida farq, yo‗qligini isbot etdi va shu

xususda xukm surib kelgan idealistik nazariyani fosh qildi.

V. M. Bexterev (1857-1927) nevropatolog, psixiatr va atokli anatom. U bosh

miyaning pustloq, qismida joylashgan bir qancha analizator markazlarini va ularning

utqazuvchi yo‗llarini o‗rganib, talaygina ilmiy asarlar yozdi.

Rossiyada XX asr boshlarida anatomiya fanini rivojlantirishda mashxur

fiziologlardan I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, V.M. Bexterev va boshqalarning

xizmatlari nihoyatda katta bo‗ldi.

g‗oyalarining asoschisi bo‗lib, u organizmni bir butun bo‗lib, tashqi muxit bilan

I.M. Sechenovning 1863 yili yozgan “Bosh miya reflekslari” kitobida oliy

materiyadan tuzilgan miyaning vazifalarini materialistik nazariyalar asosida

tushuntirib, organizm uzini o‗rab turgan tashki muhitsiz yashay olmasligini isbotladi.

I.P. Pavlov (1849-1936) ulug‗ rus fiziologi. U odam markaziy nerv sistemasi

fiziologiya-sini o‗rganishga salmog‗li hissa qo‗shgan anatom xamdir. I.P. Pavlov

bosh miya pustlogi va unda joylashgan markazlar tug‗risidagi tushunchani

takomillashtirdi. Jumladan, miya yarim sharlari-ning hamma qismlari (harakat

sohalari ham) sezgi impulslarini qabul qiluvchi markazlar ekanligini isbotladi va

ularni analizator deb atadi. U birinchi bo‗lib ikkita signal sistemasi tug‗risida, shartli

reflekslar va oliy nerv sistemasining faoliyati turg‗isidagi materialistik nazariyani

ilgari surib, tugallangan ta‘limot yaratdi.

P.F. Lesgaft (1837-1909) sportchilarda a‘zolarning tuzilishini o‗rgandi. U

organizmning rivojlanishi va tuzilishiga tashki muhit, jismoniy mashg‗ulotlar ta‘sirini

o‗rganib, “Maktab Yoshigacha bo‗lgan bolalarning badan tarbiyasiga doir qo‗llanma”

(1888-1901), “Anatomiya nazariyasi asoslari” (1892) asarlarini nashr etdi. Bunda

jismoniy mehnat bilan aqliy faoliyatning o‗zviy birligini aniqladi.

Akademik V.P. Vorobev (1876-1937) Xarkov tibbiyot bilimgohining

professori, a‘zolar va ulardagi nerv tolalarini makro-mikroskopik o‗rganishga asos

soldi. Murdani mumiyolash ustida ko‗p ishlar qildi, olimlar ichida birinchi bo‗lib 5

tomlik anatomiya atlasini tuzdi.

V.N. Tonkov (1872-1954) qon tomirlar sistemasini eksperimental yo‗l bilan

o‗rganib, kollateral (Yonlama) qon aylanish tug‗risidagi g‗oyani rivojlantirdi.

Rentgenoanatomiya ustida ishladi.

B.A. DolgovSaburov (1900-1960) ichki a‘zolar nerv sistemasining qon

tomirlar bilan aloqasini, venalar innervasiyasini o‗rgandi.

N.K. Lisenkov (1865-1941) Odessa tibbiyot oliygohining professori, odam

organizmi-ning normal tuzilishi, topografiyasi, plastik anatomiyasini o‗rgandi. Uning

1932 yilda V. I. Bushkevich bilan xamkorlikda yozgan “Odamning normal

anatomiyasi” darsligi hozirgacha qayta-qayta nashr etib kelinadi.

Yuqorida qayd etilgan olimlar qatorida hazm sistemasini o‗rganishda K.A.

Zufarov, S.N. Kasatkin, P.O. Isaev, qon tomirlar sistemasini o‗rganishda V.V.

Kupriyanov, B.V. Ognev, Ye.P. Melman, R.E. Xudoyberdiev, S.A. Dolimov, limfa

sistemasini o‗rganishda M.R. Sapin, Yu.M. Borodin, nerv sistemasini o‗rganishda

V.N. Ternovskiy, P.A. Sokolov, N.K. Axmedov, X.3. Zohidov va nerv sistemasining

embriologik taraqqiyotini o‗rganishda akademik D.M. Golub, N.A. Ibodov,

topografik anatomiyani o‗rganishda V.F. Voyno-Yaseneskiy, F.F. Amirov, N.X.

Shomirzaev va boshqalar anatomiya faniga o‗zlarining munosib hissalarini

Odam gavdasining tuzilishi

Anatomiyani o‗rganishda odam organizmining xizmati katta. Odam

organizmining tuzilishiga Yondoshishda ikki xil bir-biriga qarama-qarshi

materialistik va idealistik oqimlar paydo bo‗lgan va uzoq, yillar davomida ana shu

oqimlar orasida kurash davom etib kelmoqda.

Chunonchi, mexanik materialistlar organizm turli xil a‘zolarning mexanik

yig‗indisidan (Morganni), tuqimalar (Bisha) yoki xujayralar yig‗indisidan (Virxov)

iborat deb qaraydilar. V. Virxov odam organizmini xujayralar davlatiga qiyoslaydi,

unda aloxida guruhlar – xujayralar federasiyasi bo‗lib, uzi mustaqil yashash

imkoniyatiga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Alohida a‘zolarni umumiy bir butun

organizmdan ajratib qarash metafizik qarashdir. U xujayra guruhlarini mustaqil

yashash imkoniyatiga ega deyish – vitalizmdir.

Dialektika nuqtai nazaridan, organizm alohida qismlar, tuqimalar, a‘zo va

tuqima elementlaridan tashkil topgan. Ana shu qismlarning bir-biriga uzviy

bog‗lanishi natijasida bir butunga aylangan tuzilma bo‗lib, u beto‗xtov o‗zgarib

turadi. Organizm uzi yashaydigan sharoitga moslashgan va shu sharoitsiz yashay

Organizmning barcha a‘zolari bir-biri bilan o‗zaro bog‗liq bo‗ladi, ya‘ni

tomirlarda oqayotgan qon, limfa suYuqliklari yordamida gumoral yo‗l bilan

bog‗lanadi, markaziy nerv sistemasi organizmni idora etib turadi, bularning hammasi

organizmning bir butunligini ta‘minlaydi.

Demak, odam organizmi tuqimalardan, a‘zolardan, sistemalardan tarkib

topgan, ular o‗zaro birlashib, bir butun organizmni hosil qiladi.

Xujayra sitoplazma va yadrodan tashkil topgan sistema bo‗lib, o‗simlik va

xayvon organizmining takomillashishi, tuzilishi va yashash jaraYonlarining asosi

hisoblanadi. Hayot davomida, moddalar almashinuvida ishtirok etishi tufayli doimo

kupayib (yangi xujayra hosil qilib) yangilanib turadi. Hujayralar orasida

hujayralararo modda joylashgan, bu modda suYuk yoki dirildoq va zich x,oldagi

asosiy modda va turli tolalardan tashkil topgan.

Har bir xujayra sitoplazma qobigi, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan.

Sitoplazmada: hujayra organellalari, kiritmalar; yadroda: yadrocha, xromatin, yadro

shirasi va yadro qobig‗i mavjud. Hujayra xaqidagi to‗lik ma‘lumot gistologiya fanida

Tuqimalar. Tuqima evolYusion taraqqiyot jaraYonida vujudga kelib, umumiy

tuzilishga ega bo‗lgan ma‘lum funksiyani bajarishga ixtisoslashgan xujayra va

xujayra bo‗lmagan tuzilmalar majmuasi-dan iborat.

EvolYusiya jaraYonida 4 xil tuqima vujudga kelgan:

4) nerv tuqimasi.

1. Qoplovchi epiteliy tuqimasi, chegaralovchi tuqima bo‗lib, tana va xazm

qilish nayining ichki Yuzasini qoplab turadi. U jigar, me‘da osti bezi va boshqa

bezlar tarkibiga kiradi.

2. Biriktiruvchi toqimalar – xujayralararo oraliq moddalari ko‗prok bo‗lishi

bilan farqlanadi. Bu xildagi tuqimalar tarkibida amorf (ma‘lum tuzilishga ega

bulmagan) moddalar, kollagen hamda elastik tolalar bo‗ladi.

Biriktiruvchi tuqimaning turlari:

Yumshoq (shakllanmagan) biriktiruvchi tuqima – fibroblastlar (yapaloq,

sershox hujayralar) dan tashkil topgan bo‗lib, boshqa turdagi tukimalarni bir-biriga

bog‗laydi, a‘zolar tarkibidagi bushliqlarni tulg‗izadi.

Yog‗ to‗qima – protoplazmasida yog‗ tomchilari bo‗lgan shar shaklidagi

hujayralar bo‗lib, ular organizmda charvi sifatida (qorin bushlig‗ida) teri ostida,

buyrak atrofida, ko‗z kosasi va boshqa joylarda uchraydi. Ular o‗zaro birlashib yog‗

parchasini hosil qiladi. Yog‗ tuqima, organ, oraliq, bushliqlarni, kuz kosasi, buyrak

atrofida (ularni silkinishdan saqlaydi) organizm haroratini tartibga solib turadi. qorin

bushligidagi charvi va teri osti yog‗ qavati zapas oziqa hisoblanadi.

Fibroz tuqlma yoki zich biriktiruvchi tuqima tolalari bir-biriga zich, paralel

joylashgan tutamlardan tuzilgan bo‗lib, baquvvat va elastiklik xususiyati bo‗lmaydi.

Organizmda tayanch vazifasini bajaradi.

Elastik tuqimalar – orasida Yumshoq, biriktiruvchi tuqimasi bo‗lgan

cho‗ziluvchan (elastik) tolalar mavjud bo‗lib, boylamlarda, qon tomir devorlarida

Tog‗ay tuqima – organizmda tayanch vazifasini bajaradi, xujayralararo oraliq

moddalari ko‗p bo‗ladi. Tog‗ay tuqima elastik va gialin tog‗aylariga ajraladi. Gialin

tog‗ayning tashqi ko‗inishi xira shishaga uxshagan (shishasimon tog‗ay nomi

shundan olingan), xujayralari yakka-yakka yoki to‗p-to‗p bo‗lib joylashgan.

Organizmda nafas yo‗llarining tog‗aylari, bo‗g‗im tog‗aylari, qovurg‗alarning oldingi

uchi tog‗aylari gialin tog‗ayidan tuzilgan. Skelet suyaklarining kup qismi embrional

usish davrida gialin tog‗ayi kurinishida bo‗lib, keyinchalik suyaklanadi.

Elastik yoki tolali tog‗aylar tuqimasining oraliq moddasi kollagen moddadan

iborat bo‗lib, burim ichidagi menisklar, umurtqalar tanasining oraliq tog‗aylari shular

jumlasidandir. Elastik tog‗ay tuqimasidagi tolalar bukiluvchan va chuziluvchan

(elastik) tolalar bulganligidan sariq rangli bo‗lib kurinadi.

Hamma tog‗ay tuqimalarning tashqi Yuzasi zich biriktiruvchi tuqima bilan

o‗ralgan bo‗lib, tog‗aylarni oziqlantirib turadi va o‗sishga yordam beradi.

Suyak tuqima.Bu tuqimada oraliq qattiq modda ko‗p bo‗lganligi uchun qattiq,

bo‗lib, boshqa tuqimalardan shu xossasi bilan farqlanadi. Yangi tug‗ilgan chaqaloklar

suyak tuqimalarining oralik, moddalari betartib tarqalgan, kollagen tutamlardan

tuzilsa, o‗rta yashar odamlarda suyak oralik, moddasiga ohak moddasi shimilib, uni

borgan sari qattikqlashtirib boradi. Suyak tuqimasi boshqa tuqimalar singari hujayra

va oralik moddalardan tuzilgan bo‗ladi.

Suyak hujayrasi – asteositlar (osteon – suyak, cytis – xujayra) ko‗p qirrali

shaklda bo‗lib, tanasi suyak bushliqlarida joylansa, uning usiqlari suyak kanallarida

o‗zaro bir-biri bilan tutashib joylashadi. Suyaklarda moddalar almashinuvi jaraYoni

ana shu tutashmalar orqali bajariladi. Rivojlanayotgan suyaklarda osxevsitlardan

tashqari, osteoblastlar (osteon – suyak, blastos – ko‗rtak, clac – rivojlanish) va

osteoklastlar bo‗ladi. Osteoblastlar suyak rivojlanishida ishtirok etadi, osteoklastlar

rivojlanishdan tuxtagan suyak hujayralarni kemiradi.

Suyak oralik moddalar deyarli mineral (kalsiy va fosfor) tuzlardan iborat

bo‗lib, ular suyaklar mustaxdamligini ta‘minlab beradi.

Rouber ma‘lumotiga ko‗ra suyaklar ohakdan 4-5 marta qattiq chuyan va

temirga yaqin turadi.

Suyak oralik kollagen tolalari ossein tolalari nomi bilan ataladi va ularning

joylashishiga qarab ikki xil (dag‗al tolali va yassi plastinkasimon tolali) suyak

tuqimalari tafovut etiladi.

Dag‗al tolali tuqima – asosan embrion va yangi tug‗ilgan chaqaloklarning

suyak tuqimalarida tartibsiz har tarafga tarqalib joylashadi. Organizmning rivojlanish

davrida asta-sekin yassi tolalar bilan almashinadi. Dag‗al tolalar katta Yoshli

odamlarda suyaklarning faqat paylar yopishadigan qismlarida, kalla suyaklarining

o‗zaro birlashadigan choklaridagina uchraydi. Yassi plastinkasimon suyak tuqimasida

ossein tolalari parallel Yunalib joylashadi va suyaklarning qattiq, bo‗lishini

ta‘minlaydi. Bunday tuzilgan suyaklar katta odamlarning deyarli barcha suyaklariga

3. Ichki muhit to‗qimasi mezenximadan iborat bo‗lib, uning tarkibiga qon,

limfa, siyrak va zich biriktiruvchi tukimalar kiradi.

4. Muskul to‗qimasi muskul tolalaridan tuzilgan bo‗lib, nerv sistemasidan

impuls olganda qisqarish qobiliyatiga ega. Muskul tolasi qisqarganda buyiga qisqarib,

eniga Yug‗onlashadi. Odatda, ikki xil ko‗ndalang-targ‗il va silliq muskul tuqimalari

tafovut qilinadi. Bu ikki xil muskul tolalari ham morfologik, ham funksional jihatdan

bir-biridan farq qiladi.

Silliq muskul tolalari mikroskop ostida kuzatilganda, uning duksimon shaklga

ega bo‗lgan muskul xujayralaridan iborat ekanligi va silliqligi (ko‗ndalang

chiziqlarsiz) ko‗rinadi. Silliq muskul hujayralari ovqat hazm qilish kanalini, siydik

chiqarish yo‗llarini, bachadonni, qon tomirlar devorining (odam ixtiyoriga

buysunmay, o‗z holicha kisqaradi) muskul qavatini tashkil qiladi. Shuning uchun

xdm sillik, muskullar aloxida avtonom (vegetativ) nerv sistemasi orqali idora

qilinadi. Demak, sillik muskul tolalari funksional jihatdan beixtiyor ishlar ekan.

Ikkinchi turkum muskul hujayrasiga kundalang-targ‗il muskul xujayralari kiradi. Bu

muskul tolalari mikroskop ostida ko‗rilganda, sarkoplazmaning oq va qora chiziklari

targ‗il xolda ko‗rinadi, ana shu hususiyatiga ko‗ra u kundalang-targ‗il nomini olgan.

Kundalang-targ‗il muskul odam ixtiyori bilan ishlaydi va markaziy nerv sistemasi

Yurak muskul qavati (miokard) ni hosil qiluvchi mioditlar mikroskopda

ko‗rinishi jihatidan kundalang-targ‗il muskullar qatoriga kirsa, funksional jix,atdan

sillik muskullarga tegishli. Shuning uchun miokard aloxida turkum – Yurak muskuli

5. Nerv to‗qimasi. Nerv to‗qimasi nerv hujayralaridan va oralik, tuzilmalar –

neyrogliyalardan iborat. Nerv sistemasining morfofunksional birligini nerv hujayrasi

tashkil qiladi. Nerv hujayrasi tanasining uzun (neyrit) va qisqa (dendrit) shoxlari

mavjud. Nerv hujayrasi – neyrositlardan chiqqan shoxlar soniga kura: bir shoxli

(unipolyar), ikki shoxli (bipolyar), ko‗p shoxli (multipolyar) neyrositlar deb atalgan.

Neyrositlardan Chiquvchi shoxlarning bittasi boshqalaridan o‗zining uzunligi bilan

ajralib turadi va “neyrit” deb Yuritiladi. Neyrit (yoki akson) ning periferiya uchi

boshqa (ikkinchi) nerv xujayrasida, muskullarda yoki bezlarda tugaydi. Nerv

xujayrasi va neyrogliya uzining murakkab tuzilishi, funksiyasi bilan boshqa

tuqimalardan keskin ajralib turadi. Chunki nerv tukimasi organizm bilan atrof-muxit

o‗rtasida o‗zaro aloqani ta‘minlab turadi. Nerv sistemasi gumoral (qon va limfa)

sistema bilan birgalikda barcha a‘zolar ishini uyg‗unlashtirib (koordinasiya qilib)

turadi. Nerv impulsi xujayra tanasidan akson bo‗ylab ishchi a‘zo (muskullar, bezlar)

ga yoki ikkinchi nerv xujayrasiga qarab yo‗naladi.

Neyronning kalta o‗siklari, dendrit oxirlari ta‘sirotni qabul qiluvchi

retseptorlardan iborat, ular joylardagi ta‘sirotlarni markazga (xujayra tanasiga)

uzatadi. Neyrogliya xujayralari (astrositlar) nerv xujayralaridan iborat bo‗lib,

markaziy nerv sistemasida tayanch vazifasini o‗tasa, mikrogliya yoki makrofaglar –

agositoz ro‗lini bajaradi. Bosh miyaning qon bilan ta‘minlanishida astrositlarning

ahamiyati katta. qon bilan miya o‗rtasidagi tusiqni (gematoensefalitik tusig‗)

Anatomiya kitob uzbek tilida

Ushbu darslik O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy amaliyot shikofori tayyorlash o`quv dasturi asosida yozildi. Unda kattalar anatomiyasi bilan birga a`zo va tizimlarning taraqqiyoti, bolalikning turli davrlarida kuzatiladigan yoshga xos o`zgarishlari haqidagi ma`lumotlar ham kiritilgan. Darslik 2 jilddan iborat bo`lib, I-jildida tayanch-harakat a`zolar, ichki a`zolar bo`limidan hazm va nafas a`zolari tizimlari haqidagi ma`lumotlar kiritilgan.

Meni skanerlang
Bizni kuzatib boring

Elektron kutubxona

  • O’quv adabiyotlar
  • Monografiyalar
  • Badiiy adabiyotlar
  • Uslubiy qo’llanmalar
  • Avtoreferatlar va dissertatsiyalar

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Bizning manzil

  • Samarqand sh., Amir Temur k., 18-uy
  • +998 (66) 233 28 63
  • sammu@sammu.uz

Xarita

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Samarqand davlat tibbiyot universiteti saytiga havola ko’rsatilishi shart.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

А. Аҳмедов, Г. Зиямутдинова: Анатомия, физиология ва патология

Ushbu o’quv qo’llanma tibbiyot kollejlari o’quvchilari uchun mo’ljallangan. U O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Amatomiya, fiziologiya va patologiya” fani o’quv dasturi asosida tuzilgan. O’quv qo’llanmada odam organizmi a’zolari va tizimlarining mo’tadil tuzilishi va faoliyati, ulrning ba’zi bir patologik holatlarda o’zgarshi, shuningdek, moddalar almashinuvi va ularning buzilishi haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Lotin atamalari xalqaro anatomik terminlarga mos.
Lotin atamalari xalqaro anatomik terminlarga mos.

Характеристики
ISBN 978-9943-13-515-4
Язык На узбекском
Надпись Латиница
Количество страниц 520
Издательство Бошқа нашриётлар
Тип обложки Твердая
Формат бумаги A5
Год издания 2019

Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан

Отзывы

А. Аҳмедов, Г. Зиямутдинова: Анатомия, физиология ва патология

Qiziqarli malumotlar
Anatomiya kitob uzbek tilida