ANATOKSIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANATOKSIN haqida malumot bilib oling.

ANATOKSIN (yun. ana – qayta taʼsir va toxion — zahar) — formalin va 39 — 40° t-ra taʼsirida zaharli xossasini yoʻqotgan, lekin antigenlik xossasini saqlab qolgan toksin. Birinchi marta fransuz bakteriologi G. Ramon 1923-y. da difteriya toksinidan anatoksin tayyorlagan. Anatoksin immun qon zardobini tayyorlashda qoʻllaniladi. Buning uchun Anatoksin yirik hayvonlar (mas, ot)ga takror yuboriladi. Ulardan olingan zardob odamlarni baʼzi yuqumli kasalliklar (difteriya, qoqshol va b.) dan saqlash va davolashda foydalaniladi. Faol immunlashda qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
ANATOKSIN