An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari.
DO`STLARGA ULASHING:
Tayanch so`z va atamalar
Kirish. O`tilgan materialni takrorlash; darsning maqsadini tushuntirish; yangi darsning mavzusi va mashg`ulot rejasi bilan tanishtirish.
YAngi mavzuni yoritish. YAngi mavzuni kichik — kichik bo`lakchalarga bo`lib berish; rang —barang misollarni imkoni boricha ko`rgazmali taqdim qilish; mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; o`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari aloqani ta`minlash.
«Teta—poya» mashq. Biror misol (yoki masalani) o`quvchilar bilan qadamba — qadam hal qilish va tahlil qilish:
Yo`naltirib turiluvchi mashq. O`quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, o`qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.
Mustaqil bajariladigan mashq. O`quvchilar mashqni mustaqil holda o`qituvchi yordamisiz bajarishadi.
O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. Nazorat savollari bilan murojaat etish va mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlash.
YAkunlash. Dars mavzusining asosiy tushunchalarini va o`quv maqsadlarini jamlash.
O`qituvchi tomonidan o`qitish jarayonini va o`qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi, ta`limning tarbiyaviy xarakterini ifodalaydi. Bunda talabalar sust ishtirok etsalar ham, dars mashg`ulotida ular yuqori intizom na`munalari ko`rsatadilar.
Vaqtdan unumli foydalanish natijasida barcha mashg`ulot bosqichlarining to`liq amalga oshishi va vaqt taqsimotining izchillik bilan namoyon bo`lishi kuzatiladi.
O`quvchilar passiv ishtirokchi bo`lib qoladilar, dars mashg`uloti markazida hamda asosiy boshqaruvchilik rolida o`qituvchining turganligi bunday passivlikka olib keladi.
O`qituvchining to`la nazorati barcha o`quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi. CHunki, o`quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xatti-harakatlar qat`iy talab asosida sodir bo`ladi. Bu o`quvchida ijodiy tashabbusni uyg`otmaydi.
O`quvchilar o`qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydilar. CHunki, har bir dars bosqichi muayyan qoidalarga asoslanganligi va bu bosqichlar o`qituvchining ixtiyorida sodir bo`layotganligi muloqotning har xil shakllarini namoyon bo`lishiga ehtiyoj tug`dirmaydi.
Mustaqil o`rganish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Talabani ijodiy fikrlashga undovchi kuchning mavjud emasligi tabiiy ravishda yangi g`oyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlarni yuzaga keltirmaydi.
Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi.
Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o`rganish modeli—o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko`zda tutadigan metod.
O`rganishning tadqiqot modeli — o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo`naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zda tutuvchi metod.
O`qitish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib kelishi.
O`z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi.
Tushunchalarni amaliyotda qo`llash uchun sharoitlar yaratilishi.
O`qitish usullarining turli xil ko`rinishlari taklif etilishi.
Motivatsiyaning yuqori darajada bo`lishi.
O`tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.
Muloqotga kirishish ko`nikmasining takomillashishi.
O`z—o`zini baholashning o`sishi.
O`quvchilarning predmetning mazmuniga. o`qitish jarayoniga bo`lgan ijobiy munosabati.
Mustaqil fikrlay oladigan o`quvchining shakllanishiga yordam berishi.
Nafaqat mazmunini o`zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi.
Muammolar yechish ko`nikmalarining shakllanishi.
Mashg`ulotga tayyorgarlik uchun juda ko`p vaqt talab etilishi.
O`quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
Juda murakkab mazmundagi material o`rganilayotganda ham o`qituvchi ro-lining past bo`lishi.
«Kuchsiz» o`quvchilar bo`lganligi sababli «kuchli» o`quvchilarning ham past baho olishi.
O`qituvchining o`zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko`nikmalariga ega bo`lishining talab etilishi.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag`batlantirilib turilishi, o`quv materialini kichik — kichik bo`laklarga bo`lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli o`yinlar metodlarini qo`llash, rang—barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o`quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang — barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.
An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari.