ANAMORFIRLASH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANAMORFIRLASH haqida malumot bilib oling.

ANAMORFIRLASH (yun.

Anamorphoo — oʻzgartiraman) — obyekt tasvirining konfiguratsiyam (oʻlchamlari, shakli)ni optik yoki boshqa usulda oʻzgartirish. Anamorfirlash maxsus optik sistemalar yordamida, shu bilan birga jism yoki tekisliklarni qiyalashtirish yoʻli b-n amalga oshiriladi. Anamorfirlashda silindrik linzalar, optik koʻzgular, ponasimon shishalar va b. optik moslamalardan foydalaniladi. Tasvirning oʻzaro perpendikulyar yoʻnalishdagi chiziqli kattalashtirishlari nisbati Anamorfirlash koeffitsiyenti deyiladi. Tasvirni gorizontal yoki vertikal yoʻnalishlarda bir tekis siqib yoki choʻzib Anamorfirlash (ayniqsa, kinotexnikada) keng tarqalgan. Oddiy kinoplyonkaga gorizontal tekislikda siqilgan tasvir tushirilib, uni ek-randa proyektor orqali koʻrsatilganda, yoyish yoʻli bilan tomonlarining oʻlchamlari nisbati 2,35:1 boʻlgan tasvir hosil qilinishi mumkin. Bunday oʻzgartirishlar, odatda, maxsus mos-lama yordamida amalga oshiriladi. Ekran tekisligini qiyalatib Anamorfirlash rasmni qogʻozga tushirishda va matbaada qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
ANAMORFIRLASH