ANALITIK KIMYO

ANALITIK KIMYO

Analitik kimyo kimyoviy tahlilning nazariy asoslari va uslublarini o‘rgatadi. Mazkur fanning maqsadi va vazifasi talabalarga hozirgi zamon analitik kimyosining nazariy asoslari, uning turli aralashmadagi ionlarni ochish murakkab aralashmaning tarkibiy qismlarini bir-biridan ajratish usullarini o‘ziga xos tomonlari, imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat.

S. Gaziyeva ta’limda innavatsion texnologiyalar

Analitik kimyo kimyoviy tahlilning nazariy asoslari va usullarini ishlab chiqadigan fandir. Analitik kimyo fani biologiya, meditsina, geologiya, minerologiya, atrof muxitning muxofazasi kabi turdosh tabiiy fanlarini o‘rganishda katta axamiyat kasb etadi. Sanoatda ishlab chiqariladigan barcha maxsulotlar, qishloq xo‘jalik maxsulotlari, qazilma boyliklar va xususan dori xom ashyosi, xamda dori preparatlar sifatlarini nazorat etishni analitik kimyo fanisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Analitik kimyo kimyoviy tahlilning nazariy asoslari va uslublarini o‘rgatadi. Mazkur fanning maqsadi va vazifasi talabalarga hozirgi zamon analitik kimyosining nazariy asoslari, uning turli aralashmadagi ionlarni ochish murakkab aralashmaning tarkibiy qismlarini bir-biridan ajratish usullarini o‘ziga xos tomonlari, imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat.

Fanning maqsad va vazifalari

Mazkur fanni o‘qitishdan maqsad-talabalarda, tahlilning turli usullari, bajarish vositalari, eritma tayyorlash, tayyorlangan eritma konsentratsiyasini aniqlash, dori vositalarini sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashda qo‘llanadigan uslublarni farmatsiya yo‘nalishiga muvofiq bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.

Fanning vazifasi mavjud tahlil usularini takomillashtirish va tahlilning yangi usularini ishlab chiqishdan hamda, talabalarda analitik kimyoning nazariy asoslarini o‘zlashtirib ortirgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini konkret vaziyatli masalalarni xal etishda qo‘llay bilish va olingan natijalarni to‘g‘ri baholash ma’suliyatini o‘rgatishdan iborat.

Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar

“Analitik kimyo” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavrlar:

  • Kimyoviy tahlilni vazifasi bajarish yo‘llari.
  • Dorishunosning, amaliy faoliyatida analitik kimyo fanining o‘rni va axamiyati.
  • Analitik reagentlar.
  • Anorganik va organik moddalarni sifat tahlili.
  • Moddalarni ajratish va konsentrlashning asosiy usullari.
  • Tahlilni xromatografik va ekstraksiyalash usullari.
  • Tortma, titrimetrik uskunaviy /fizik va fizik kimyoviy/ tahlil usullarining asoslari.
  • Miqdoriy tahlil natijalarini to‘g‘ri baxolashda statistika asoslarini qo‘llash.
  • Analitik kimyodan asosiy adabiyotlar.
  • Analitik kimyo adabiyotlaridan va bildirgichlaridan mustaqil foydalanish.
  • O‘rtacha namuna olish, tahlil chizmasini tuzish va dasturda keltirilgan asosiy uslublarga muvofiq moddani sifat va miqdoriy taxlil etish.
  • Texnik, apteka va analitik tarozi, xamda xajmiy o‘lchov asboblaridan foydalanish.
  • Moddalarni sifat va miqdoriy tahlil qilishdagi xamma jarayonlarni bajarish.
  • Analitik reagentlar eritmalarini tayyorlash va standartlash.
  • Tahlilda ishlatiladigan asosiy asbob turlaridan /mikroskop, fotoelektrokolorimetr, flyuorimetr, spektrofotometr, potensiometr, va x.k./ foydalana bilish. Tahlil bayonnomasini tuza bilish.

Analitik kimyo fani mutaxassislik fanlarini o‘qitishga tayyorlovchi zamindor fan bo‘lib, 3 va 4 semestrlarda o‘qitiladi.

Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumiy va noorganik kimyo (barcha bo‘limlari), organik kimyo (xromofor nazariyasi, ekstraksiya) , fizik va kolloid kimyo (kolloid eritmalar), fizika ( elektr va optika) va matematika (statistik xisoblash) fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Mazkur uslubiy ta’minotdan maqsad:

Talabalarga analitik kimyo fanini o‘qitishda, kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, bilim soviyasini oshirish va shu orqali “Kadrlar tayerlash milliy dastur”ning talabalariga javob beradigan ilmiy saloxiyatli, etuk mutaxassis kadrlar tayerlash jardyonini amalga oshirishdan iborat.

Ma’ruzalarni slaydlar orqali kadoskopda o‘qish, Internet ma’lumotlaridan samarali foydalanish, shuningdek talabalarni ma’ruzalar elektron versiyasidan foydalanishlari uchun sharoitlarni muhaye etish.

O‘qitish jarayonida o‘quv dasturlarini kompyuter orqali o‘qitishni joriy etish, talabalarning kompyuter savodxonligini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiya usullarini qo‘llash.

O‘qitish jarayoniga, ayniqsa talaba bilimni nazorat qilishga kompyuterni keng tadbiq qilish, talabalarning kompyuter savodxoligini oshiribgina qolmay, turli tahliliy jarayonlarni oqilona boshqarish, vujudga kelgan voziyatni tez va tug‘ri tahlil qilish imkonini beradi.

Ta’lim jarayoniga axborot – kommunikatsion va pedagogik texnologiyalarni joriy qilinishi.

ANALITIK KIMYO

ANALITIK KIMYO – moddalar tarkibini aniqlash usullari haqidagi fan. U sifat analizi va miqdoriy analizga bo’linadi. Analitik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi turli ishlab chiqarish sohalarining paydo bo’lishi va taraqqiy etishi bilan bog’liq. Miqdoriy analiz rudalar va tayyor mahsulotlar tarkibidagi oltin, kumush va boshqalar. Metallarning miqdorini aniqlashdan iborat bo’lgan edi; keyinroq borib, u ilmiy asosda yo’lga qo’yildi. Hozirgi zamon kimyosining tug’ilish davri (17-asr o’rtasi — 18-asr oxiri) da Analitik kimyo moddalarning kimyoviy tarkibini o’rganadigan fan deb hisoblanardi. 17-asr o’rtalarida R. Boyl suvli eritmalardagi anorganik moddalarning miqdoriy analiziga asos soldi. 19-asr boshida J. Gey-Lyussak hajmiy analizni, o’sha asrning o’rtasida esa R. Bunzen va R. Kirxgof spektral analiz asoslarini ishlab chiqishdi va hokazolar. 20-asrda Analitik kimyoga fizik va fizik-kimyoviy usullar (masalan, kolorimetriya, rentgen, lyuminessentsiya, elektron mikroskopiya, elektr analiz usullari va boshqalar) tobora ko’proq joriy etildi. Shu bilan bir vaqtda Analitik kimyo amaliy maqsadlarda keng qo’llanila boshladi. Tekshirish ob’yektiga ko’ra Analitik kimyoni anorganik moddalar analizi va organik moddalar analiziga bo’lish rasm bo’lgan. Anorganik moddalarning sifat analizida eritmadagi ionlarni topish uchun, odatda, yaxshi seziladigan har xil (rang hosil bo’lishi yoki eritma rangining keskin o’zgarishi, gaz ajralib chiqishi kabi jarayonlar bilan boradigan) reaktsiyalardan foydalaniladi. Organik moddalarning sifat analizida esa maxsus usullar qo’llaniladi. Oddiy modda yoki biror birikmadagi elementning miqdorini aniqlashda uning biror fizik xossasi (masalan, og’irligi, hajmi, zichligi, nur sindirish ko’rsatkichi, elektr o’tkazuvchanligi, sirt tarangligi va hokazolar) o’lchanadi. Element yoki moddalar miqdori va o’lchanadigan fizik xossalar o’rtasida analitik yoki grafik ifodalangan ma’lum funktsional bog’liqlik bo’lishi kerak. Vazniy analiz va titrlash usullari modda miqdori bilan uning og’irligi yoki hajmi orasida to’g’ri proportsional bog’liqlik saqlanishiga asoslanadi. Spektral usullarda element miqdori bilan analitik spektr chiziqlarining ravshanlik darajasi o’rtasidagi proportsional bog’liqlikka ma’lum chegarada rioya qilinadi. Fotometrik analizda esa moddaning kontsentrasiyasi bilan no’rning yutilishi o’rtasidagi proportsional bog’liqlik e’tiborga olinadi. Element (modda) miqdorini o’lchashdan avval, odatda, u boyitiladi va aniqlanadigan element qulay birikma holida ajratib olinadi. Ko’pchilik usullar selektiv va sezgir bo’lmaganligi uchun moddalarning miqdorini o’lchashda ularni guruhlarga bo’lib, ayrim elementlarni cho’ktirib, haydab, ekstraktsiyalab ajratish katta ahamiyatga ega. Birga bo’ladigan ko’pchilik ionlarning cho’kishiga va ekstraktsiyalanishiga yo’l qo’ymaslik uchun ularni barqaror kompleks ionlarga aylantirish mumkin. Aniqlanadigan elementni eritmadan elektroliz qilib erkin holda yoki oksid holida ajratib olsa bo’ladi. Ma’lum sharoitni tanlab, bir xil elementlarni elektrodda cho’ktirib, boshqalarini esa eritmada qoldirishga erishiladi. Ko’pchilik metallarning oz miqdorini ajratib olish uchun ichki elektroliz usuli qo’llaniladi. Eng qulay ajratish usullaridan biri xromatografiya hisoblanadi. Organik analizda elementlar miqdorini aniqlash uchun modda avval SO2, N2O, N2, NH3 va hokazolargacha parchalanadi. Keyinchalik ularning miqdori anorganik analiz usullarida aniqlanadi. Miqdoriy elementar analiz birikmaning brutto-formulasini aniqlash imkoniyatini beradi. Organik birikmalarning struktura formulasini aniqlash uchun funktsional analiz o’tkaziladi. Unda har qaysi funktsional guruh uchun tavsifli reaktsiyalardan foydalaniladi. Tabiat va sanoat ob’yektlaridagi elementlarning nihoyatda oz miqdorini aniqlash zarur bo’lgani uchun analitik usullar (mikrokimyoviy, ultramikrokimyoviy va yarimmikrokimyoviy usullar) ning sezgirligini oshirish yo’lida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O’zbekistonda Analitik kimyoni rivojlantirishga Sh. T. Tolipov, N. A. Parpiev va boshqa olimlar katta hissa qo’shdilar. Ad: Mirkomilov a M., Analitik kimyo, T., 1996. Nusrat Parpiyev.

  • Bilimingizni test orqali sinang
    Telegram kanalimizga a’zo bo’ling
  • Sanjar
  • Salim
  • Saida
  • Ro’zigul
  • Ro’zimuhammad

Qiziqarli malumotlar
ANALITIK KIMYO