
ANABAR haqida malumot bilib oling.
ANABAR — Saxa (Yakutiya) Respublikasidagi daryo. Uz. 939 km, havzasining mayd. 100 ming km2. Oʻrta Sibir yassitogʻligining shim. dan boshlanib, dastlab tilogʻochli oʻrmon-tundradan oqadi. Quyi oqimida Anabar vodiysi kengayadi va Shim. Sibir pasttekisligini kesib oʻtib, Laptevlar dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 610 m3/sek. Sent. oxirida muzlab, iyun boshlarida muzdan boʻshaydi. Katta irmoqlari: Kichik Kuonamka va Uja. Anabarda ryapushka, omul kabi baliklar bor. Quyi qismida kema qatnaydi. Anabar havzasida olmos konlari topilgan.
Ensiklopediya.uz
ANABAR