AMPIR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMPIR haqida malumot bilib oling.

AMPIR (frans. empire — imperiya) — meʼmorlik va bezak sanʼatida 19-a. boshlarida vujudga kelgan hamda klassitsizm rivojini nihoyasiga yetkazgan uslub. Shakllarning mahobatligiga, be-zaklarning jozibadorligiga (nishon, naqshlarda) erishildi. Qad. Rim, Yunoniston va Misr badiiy merosiga tayangan holda, yangi mavzular bilan rivojlantirishda davlat va harbiylar qudratining ramzi boʻlib xizmat qildi. Ampir uslubi birinchi marta Fransiyaning Napoleon I imperiyasi davrida shakllandi (mas, Parijda hoz. de Goll maydonidagi Zafar toqi, 1806—37; meʼmori J. F. Shalgren). Unda Napoleon harbiy diktaturasiga suyangan burjua doiralarining gʻoyalari va estetik qarashlari ifoda ettirilgan.

Oʻzbekistonda S. Polupanov, A. Sidorov, V. Arxangelskiy, A. Shchusev, M. Bulatov, Ampir Boboxonov kabi meʼmorlar ijodida (mas, Toshkent sh. dagi Navoiy teatri, 1940 va b.) A. uslubi oʻz ifodasini topgan.

Ensiklopediya.uz
AMPIR