Amper kuchi to’liq malumot oling
Amper kuchi
O’tkazgichlarda tok tashiydigan zaryadli zarrachalar, ayni vaqtda tartibsiz issiqlik harakatida (tezlik bilan) va maydon kuchlari ta’sirida, tartibli harakat (u- tezlik) bilan qatnashadilar.
O’tkazgich magnit maydonida joylashgan bo’lsa, har bir zaryadli zarrachaga ta’sir etayotgan magnit kuchlarining o’rtacha qiymati:
(8.3)
Tartibsiz harakat tezligi vektorining o’rtacha qiymati nolga teng. Shu tufayli (1) quyidagicha yoziladi.
(8.4)
8.2-rasm.
(8.4) bilan aniqlanadigan magnit kuchlari zaryadli zarrachalarning panjara bilan to’qnashuvi orqali o’tkazgichga uzatiladi. Agar o’tkazgichning hajm birligidagi zaryad tashuvchilar sonini n – deb belgilasak, o’tkazgichning dl-elementiga ta’sir etuvchi kuchini quyidagicha ifodalash mumkin (8.2-rasm)
(8.5)
tok kuchini uning zichligi orqali yozamiz:
(8.6)
(8.5) va (8.6) lardan:
(8.7)
(8.7) magnit maydoni tomonidan tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch bo’lib, Amper (1820 y) tomonidan bevosita tajribada aniqlangan.
Bu kuchning moduli
(8.8)
Amper kuchining yo’nalishi chap qo’l qoidasiga muvofiq aniqlanadi. Agar chap qo’l kaftiga magnit induksiya vektori kiradigan qilib, to’rttala barmoqni tokning yo’nalishi bilan mos tushadigan qilib joylashtirilsa, bosh barmog’imiz Amper kuchining yo’nalishini ko’rsatadi (8.2, 8.3- rasm).
(8.8)ga to’g’ri tokli o’tkazgichning magnit induksiyasi vektori ifodasini qo`yib, parallel toklarning o’zaro ta’siri qonunini keltirib chiqarish mumkin.
(8.9)
(8.10)
Parallel tokli o’tkazgichlar uzunlik birligiga ta’sir etuvchi kuch har bir o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchiga to’g’ri proporsional bo’lib, ular orasidagi masofaga esa teskari proporsionaldir (8.4- rasm)
(8.11)
bu yerda:
8.4– rasm
Darsliklar
Amper kuchi