AMOLED displey nima? to’liq malumot oling

AMOLED displey nima? to’liq malumot oling

AMOLED displey nima?

AMOLED — displey texnologiyasi turi bo‘lib, inglizcha Active Matrix Organic Light Emitting Diodes (Organik yorug‘lik taratuvchi faol matritsali diodlar) jumlasining qisqartmasidir. AMOLED displey OLED displeyning bir turi bo‘lib, smartfonlarda ishlatiladi.

AMOLED ekranning Super AMOLED turi ham mavjud bo‘lib, bu integratsiyalangan sensor funksiyasiga ega, ya’ni Super AMOLED displeyda ekran sensori ekran ustiga alohida qatlam sifatida qoplanmaydi-da, balki ekranning o‘ziga integratsiyalangan bo‘ladi.

Super AMOLED ekranli Samsung Galaxy A52 smartfoni

Super AMOLED kontentni yuqori darajada tiniq qilib ko‘rsatadi. Bunday ekran o‘ta yuqori darajadagi rang aniqligini ta’minlovchi keng turdagi ranglarni aks ettira oladi. Natijada, yuqori rezolyutsiya yoki aniqlikka erishiladi.

100,000:1 kontrast nisbati sabab AMOLED displeylar turli yorug‘lik sharoitlariga avtomatik moslashadi.

Manba: www.Terabayt.uz

Boshqa mavzular
AMOLED displey nima?