AMIRI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMIRI haqida malumot bilib oling.

AMIRI — qovunnnng oʻrtapishar navi. Shakli choʻziq (25—40 sm), ogʻirligi 3 — 4 kg. Sirti toʻrsiz (baʼzi Amiri larning faqat band tomonida bir oz toʻri boʻladi), usti yoʻl-yoʻl, och yoki toʻqyashil. Eti 4—5 sm qalinlikda, koʻkimtir yoki qizgʻish, kuvrak, juda shirin, tarkibida 12% gacha qand bor. Urugʻi yirik, choʻziq, och sariq. Urugʻidan chiqqanidan keyin 80—90 kunda hosili pishadi. Asosan Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari, Qoraqalpogʻistonda ekiladi. Hosildorligi 300—350 s/ga. Uzoqqa yuborishga va saqlashga chidamsiz.

Ensiklopediya.uz
AMIRI