Amir Xusrav Dehlaviy (1253 – 1325)

Amir Xusrav Dehlaviy (1253 – 1325)

Amir Xusrav Dehlaviy (1253 – 1325)

DO`STLARGA ULASHING:

Shayx Saʼdiy shoir Xusrav Dehlaviy haqida gapirib: “Xar kimsa u dunyoda bir narsa bilan faxrlanishi kerak. Men ana shu turkning koʻksidagi kuyugi bilan faxrlanaman”, – degan ekan…
Xusrav Dehlaviy 1253 yilda Hindiston shimoldagi Patyoli shahrida, shahrisabzlik Amir Sayfuddin Muhammad oilasida dunyoga keldi. Asli lochin urugʻidan boʻlgan bu xonadon moʻgʻullar bosqini davrida Hindistonga koʻchib, shu yerda turgʻun boʻlib qolgan edi.
Amir Xusravdan buyuk adabiy meros qoldi: besh dostondan iborat “Xamsa”, “Duvalroni va Xizrxon”, “Noʻh sinehr”, “Toʻgʻliqnoma” asarlari shular jumlasidandir. Uning qalamiga mansub minglab gʻazal va ruboiylar sharq adabiyotining koʻrki, jahon adabiyoti durdonalari sirasiga kiradi.
Xusrav Dehlaviy 1325 yilda vafot etdi. Oradan qariyb yetti asr oʻtdi. Uning asarlari dunyoga taralib, hamon sevib oʻqilmokda, qabri xalq ziyoratgohidir.

Amir Xusrav Dehlaviy (1253 – 1325)