Amir Temurning tarixiy xizmatlari to’liq malumot oling

Amir Temurning tarixiy xizmatlari to’liq malumot oling

Saltanatni boshqarish tizimi. «Temur tuzuklari» va ularning ahamiyati. Amir Temurning tarixiy xizmatlari

Amir Temur mamlakatda qatiqqo’l hokimiyat o’rnatish zarurligini yaxshi tushunardi. Negaki, ko’chmanchi mug’ul-turk qabilalaridan jaloir, barlos, sulduz va boshqalarning o’zboshimcha boshliqlarini itoatda saqlab turish oson emas edi. Shu maqsadda mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etishga kirishadi. U o’ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus harbiy qism tashkil etib, ularga katta imtiyozlar beradi.
Mundarija скрыть

Amir Temur o’z davlati hokimiyatini mustahkamlashda islom diniga tayandi. Islom namoyandalari uni qo’llab-quvvatladi. Mamlakat aholisining ko’pchiligini tashkil etgan dehqonlar va shahar aholisi – tijoratchilar, hunarmandlar sohibqironning davlatni mustahkamlashga qaratilgan tadbir-larini ma’qulladilar.

Amir Temur davlat ishlarini yurgizishda 4 narsaga doim amal qildi.

Bular:

1. Kengash.

2. Mashvaratu maslaxat.

3. qat’iy qaror, tadbirkorlik va xushyorlik.

4. Extiyotkorlik.

Amir Temur hukmdor uchun qo’yidagi o’n ikki xislat zarurligini va bu xislatlarning birortasiga amal qilinmasa saltanat ishlariga putur yetishi mumkinligini tarixiy misollar bilan isbot qilib bergan edi. A.Temur hukmdor birinchidan o’z so’ziga ega bo’lishi, ikkinchidan adolatpesha bo’lishi, uchinchidan har ishda faqat o’zi hukm chiqarishi, to’rtinchidan qarorida qat’iy bo’lishi, beshinchidan hukmi joriy etilishi, oltinchidan podsholik ishlarini har kimga topshirib qo’ymasligi, yettinchidan ko’pchilikning fikrini eshitishi, sak  qizinchidan shoshmasdan mulohaza bilan ish yuritishi, to’qqizinchidan sipohu, raiyatni umid va qo’rquv orasida saqlashi, o’ninchidan barcha ishni o’z erkicha qilishi, o’n birinchidan o’z ishlariga birovni sherik qilmasligi va o’n ikkinchidan davlat ishlarini maxfiy saqlab, boshqalardan ogoh va hushyor bo’lishligi lozimligini alohida o’qtirgan edi.

A.Temur davlat amaldorlarning sofligiga, xazinaga ko’z olaytirmas-ligiga alohida e’tibor qilib, o’z tuzuklarida: «Mamlakat xazinachilari bo’lmish moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib, boylikning bir qismini o’zlashtirib olgan bo’lsalar tekshirib ko’rilsin», — deb yozib qoldirgan edi.

Amir Temur davlatni boshqarishda 7 vazirga suyanib ish ko’rdi va ulardan 4 vazirning xar kuni devonxonada xozir bo’lishlarini  talab etdi.

Bular: 1. Mamlakat va raiyat vaziri.

2. Sipox vaziri.

3. Egasiz qolgan mulk vaziri.

4. Saltanat ishlarini yurituvchi vazir.

Bundan tashqari yana 3 vazirdan iborat sarxadlar vazirlari xay’atini tuzdi.

Vazirlardan birinchisi yer soliqlari, boj, o’lpon – soliq undirish, hamda mirshablik yumushlarini boshqargan, mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni yechish, raiyat ahvolini o’rganish, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o’lponlarni taqsimlash ishlarini bajargan. Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga berilgan in’om ma’nosida)larni boshqargan. Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o’lib kegan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib ketayotgan savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarish, bularning barchasidan to’plangan daromadlarni omonat tarzida saqlash ishlari bilan shug’ullangan.

Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlangan.

Sohibqiron davlatida Devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari xar bir viloyatda «Devon» deb ataluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar, — bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. U xalqning xulqu-ahloqini kuzatib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so’roq, tekshirish-taftish, tergov ishlarini ham olib borishgan.

Temur xalqning shikoyatlari va arzlarini o’rganuvchi maxsus arzbegi lavozimini joriy etgan. Arzbegi shikoyat va arizalarni ko’rib chiqar, ularda kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususida kengashga xabar qilar edi. Aybdorlar kim bo’lishidan qat’iy nazar qattiq jazolangan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qat’iy tartib – qoida o’rnatilgan. Rus sharqshunos olimi D.N.Logofet bu xususda «…biz hozir zo’r berib intilayotgan daromad solig’i degan narsa uning (Temurning) hokimiyatida o’shandayoq mavjud edi», deb yozgan edi.

Amir Temur vazirlarini tanlash ishiga g’oyat jiddiy qarar va ularni 4ta sifatga ega bo’lishlariga ahamiyat berar edi. Bular:

1. aql-farosatlilik;

2. toza nasllik;

3. sipoxu-raiyat axvollaridan xabardorlik;

4. sabr chidamlilik va tinchliksevarlik.

Amir Temur o’z imperiyasiga qo’shib olgan mamlakatlarni idora etish uchun tayinlanadigan kishilarga qo’yiladigan talablar tizimini ham ishlab chiqdi. Bunday rahbarlar A. Temur talabiga ko’ra qo’yidagi fazilatlarga ega bo’lishi lozim bo’lgan:

1) Oliy janob tabiatli va ruhiy holatining ko’tarinkiligi;

2) Nozik aql va ziyraklik;

3) Yuksak malaka hamda xalq va qo’shinga murojaat qila bilish;

4) Sabr-toqat va odamlar bilan murosaga kelishmoq.

Mana shu yuqoridagi qoida va talablar Amir Temur hokimiyatini idora etishda va uni mustahkamlashda muhim o’rinni eg’alladi. Sohibqiron tuzgan imperiyaning ma’muriy-xududiy bo’linishi asosan tumanlardan iborat bo’lganligi uchun yangi amirlik tizimini shakllantirish va mustahkamlash zarur edi. Shu bois Amir Temur 313 kishiga amirlik mansabini berishga farmon berib, shulardan bir kishini amir-ul-umaro, 4 kishini beklarbegi, 100 kishini o’nboshi, 100 kishini yuzboshi va 100 kishini mingboshi etib tayinladi. Bulardan tashqari 8 ta amirlar amir-ul-umaro yordamchilari etib tayinlanganlar.

Xulosa qilib aytganda, Amir Temur milliy g’urur, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi oliyjanob fazilatlar bilan qurollangan buyuk davlat arbobi edi. Mojar olimi Xerman Vamberi ta’kidlaganidek, O’rta Osiyoda asl turklik davri Temurdan boshlangan. U turklarning mug’ul-xitoy dunyosining ustidan g’alabasini mujassam etib, milliy davlatga asos solgan, mamlakatning rasmiy tili turk (o’zbek) tili bo’lgan.

Buyuk Amir Temurning siyosiy faoliyati nafaqat davlatchilik tarixini boyitishda, shu bilan birga hozirgi sharoitda milliy davlatchiligimizni mustahkamlashda ham amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

Buyuk Amir Temur tomonidan yozilgan muhim asar bu «Temur tuzuklari», ya’ni «Tuzukoti Temuriy»dir. «Qomus ul a’lom» deb nomlangan va Istambulda nashr etilgan komus kitobida: «Amir Temur «Tuzukoti» deb yuritiladigan komuslar majmuasini yozdi. Unda o’zining hayot yo’lini bayon qildi»1, — deb yoziladi.

Amir Temur faoliyatini o’rganishda asosiy manbalardan bo’lgan, turkiycha bitilgan «Temur tuzuklari»ning bir ko’lyozma nusxasi Yaman  hokimi Ja’far podshoh tomonidan milliy kutubxonada saqlangan. Bu asarning fors tiliga tarjimasini Mir Abu Tolib Hasaniy at-Turbotiy Makkaga haj qilib qaytib kelganidan so’ng amalga oshirgan. Ana shu nusxa asosida «Temur tuzuklari» bizgacha yetib kelgan va XIX asrning oxirlarida rus tiliga tarjima etilib, nashr qilingan. Asar butun dunyoga mashhur bo’lib, asrlar osha o’z ahamiyatini saqlab qolib, juda ko’p tillarga tarjima qilingan. Arab tili professori, ingliz mayori Uayt asarning forsiy matnini nashrga tayyorlagan va u 1783 yili Oqsfordda chop etilgan. 1785 va 1890 yillarda ushbu nashrning forscha matni hech o’zgarishsiz Hindistonning Kalkutta va Bombey shaharlarida, 1963 yilda Eronda nashr etilgan. U 1787 yili taniqli fransuz sharqshunosi L.Lyangle tomonidan ushbu asar fransuz tilida ham nashr etilgan.

«Temur tuzuklari» ikki bo’lim va 56 banddan iborat bo’lib, kitobda bu bo’limlar maqola deb atalgan. Birinchi maqola Temurning davlatni barpo etish va mustaxkamlash, qo’shinlarni tashkil etish yuzasidan tuzuklaridan iborat. Ikkinchi maqolada esa, Amir Temur tomonidan o’tkazilgan 13 kengash tafsilotlari va ularda buyuk sohibqironning  amalga oshirgan tadbirlari bayon etilgan.

Shuningdek, «Tuzuklar»ning birinchi qismida Amir Temurning yetti yoshidan to vafotiga qadar (1342-1405 yil 18 fevral) kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo’lga kiritishi, ijtimoiy tarqoqlikka barham berishi va markazlashgan davlat tuzishi, Eron va Afg’onistonni o’z tasarrufiga olishi, Oltin O’rda xoni To’xtamish ustidan qozonilgan g’alaba va nihoyat buyuk jahongirning Ozarbayjon, Turkiya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.

Kitobning II qismi Sohibqiron nomidan aytilgan va uning toju-taxt vorislariga atalgan o’ziga xos vasiyat va pandu-nasihatlaridan iboratdir. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining burchi va vazifalari, vazir va qo’shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va boshqa mansabdorlarning toju-taxt oldida ko’rsatgan alohida hizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida so’z yuritiladi.

Ikkinchi bo’limda, ya’ni maqolada Amir Temur shunday deb yozadi: «Mamlakatlarni fatx etuvchi baxtli farzandlarim va jahonni idora etuvchi qudratli nabiralarimga ma’lum bo’lsinkim, tangri taolo dargohidan umidim shulki, ko’plab farzandlarim, avlodim uchun saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir necha tuzukka bog’ladim, va saltanatni boshqarish haqida qo’llanma yozib qoldirdim»1.

Ulug’ Amir Temur yana davom etib: «Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va ahloqsiz odamlarni mamlakatimdan quvib chiqardim»2, — deb yozgan edi.

Oliyjanob ahloqiy fazilatlarni Amir Temur xazratlari ulug’lab-gina qolmaganlar, balki bu fazilatlarni bajaralishini davlat xududida yashayotgan fuqarolardan, hatto o’z oila a’zolari tomonidan ham so’zsiz bajarilishini talab qilganlar. «Yana tajribamdan ko’rib bildimki», —  deb yozadi Amir Temur – «davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to’ra tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuxi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xshaydi, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. Yohud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi.

Shuning uchun ham men o’z saltanatim binosini dini islom to’ra va tuzuk asosida mustahkamladim»1.

Amir Temur o’z tuzuklari keyingi avdlodi uchun bir qo’llanma bo’lib qolishni ko’zlab: «Farzandlarim va avlodimdan bo’lganlarning har biri unga muvofiq ish yuritsin… Bu tuzuklardan o’z saltanat ishlarini boshqarishda qo’llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga o’tadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon bo’lg’ay»2, — deb yozib qoldirgan edi.

Darhaqiqat bu asardan faqat Temuriy shahzodalargina emas, ko’plab sharq hukmdorlari o’zlarining faoliyatlarida foydalanganlar va unga yuqori baho berganlar. Jumladan, Shoh Jahon (1628-1657), Qo’qon xoni Muhammad Alixon (1822-1842), Buxoro amiri Abdullahadxon (1885-1910) lar «Tuzukot»dan parchalar ko’chirtirib, ulardagi qoidalarga amal qilgan-lar.

Temur tuzuklarida Amir Temur o’zi tuzgan qo’shinning tuzilishi, qurollanishi hamda buyuk sohibqironning harbiy san’ati haqida ham muhim ma’lumotlar berilgan. Zero Amir Temur tuzgan qo’shin o’zining strategik va taktik maxorati bilan o’sha davrning eng mukammal va kuchli armiyalaridan hisoblangan. Amir Temur esa jahonda mahoratli buyuk sarkarda sifatida shuhrat qozongan. Hozir ham ko’pgina xorijiy mamlakatlar harbiy o’quv yurtlarida «Temur taktikasi» mahsus kurs sifatida o’tiladi. Yurtimiz va xalqimiz mustaqil bo’lgach, mustaqil davlatchiligimiz asoslarini yaratishda buyuk Amir Temur va uning «tuzuklari»ga murojaat qilmoqdamiz. Uning «Kuch adolatda» tamoyili esa huquqiy davlat barpo etishimizda yo’llanma bo’lib xizmat qilmoqda.

Buyuk sohibqiron Amir Temurni nafaqat O’rta Osiyo xalqi, uni butun jahon tan oldi. Chunki u faqat O’rta Osiyodagina emas, dunyoning boshqa xalqlari uchun ham buyuk xizmatlar qildi.

Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatning tuzilishi, feodal tarqoqlikning tugatilishi, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikning o’rnatilishi O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti yo’lida ijobiy rol o’ynadi. Mug’ullar davrida vayron bo’lgan iqtisodiyot tiklandi, hunarmandchilik va tijorat ishlari rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topdi, shaharlar obod bo’ldi. Eng muhimi, xalq tinch va osoyishta hayot tarziga kirdi.

Darsliklar
Amir Temurning tarixiy xizmatlari