Amir Temur.
Asli ismi — AMIR TEMUR IBN AMIR TARAGʻAY IBN BARQUL
Amir Temur.
DO`STLARGA ULASHING:
Amir Temur.
Buyuk sarkarda bo’lgan
Adolatli davlat qurgan
Mening dono Temur bobom.
Xalqin o’ylagan mudom.Butun dunyo tan olgan
Madrasalar qurdirgan
Kelajakni o’ylagan
Ilm fangs chorlagan.Unutmaymiz bobojon
Qalbimdasiz har qachon
Men ham kuchga to’laman
Buyuk bobomdek bo’laman.✍️: Islomova Mukambar
AMIR TEMUR HAQIDA MAʼLUMOTLAR
AMIR TEMUR bobomiz dovyurak lashkarboshi, yirik davlat arbobi boʻlgan.
Amir Temur 1336 yil 9-aprelda hozirgi Qashqadaryo viloyatining Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida tugʻilgan.
Otasining ismi — Amir Taragʻay Bahodir, onasining ismi esa Tegina Begim boʻlgan.
Temur bobomiz maxsus murabbiylar dan chavandozlik, kamonda oʻq otish va boshqa harbiy bilimlarni egallaydi.
Amur Temur bobomiz 35 yil boshqaruv davrida markazlashgan kuchli va mustahkam davlat barpo qildi.
Amir Temur rahbarligida ilm-fan, madaniyat, savdo-sotiq, hunarmandchilik va dehqonchilik nihoyatda rivojlanib ketdi.
Amir Temur o’z yurti Turkistonda, ayniqsa, uning poytaxti Samarqand shahrida, Shahrisabz va Buxoroda go’zal va mustahkam qasrlar, masjid, madrasalar qurdirdi, bogʻlar bunyod etdi.
Amir Temur sotqinlik qilish, yolg’on gapirishni juda yomon ko’rgan.
Bunday odamlarni u kechirmagan. Uning o’z tamg’asi bo’lgan. Bu tamg’aga — «Kuch adolatda», — degan so’zlar yozilgan.Amir Temur 1405 yilda vafot etgan.
Yurtimizning koʻpgina shaharlarida, Toshkent, Samarqand, Shahrisabzning markaziy maydonlarida buyuk bobomiz Amir Temur haykali oʻrnatilgan.
1996 yilda Toshkentda «Temuriylar davri» muzeyi barpo etilgan.
1996 yilda «Amir Temur»ordeni taʼsis etilgan.
✍️: Islomova Mukambar
Temur bobom.
Amir Temur bobomiz,
Bizning dono dohomiz.
Bo’lganlar yurtboshi,
Dovyurak lashkarboshi.O’t chaqnagan qadamidan,
Yov o’tmagan yonidan.
Bizning jasur bobomiz,
Amir Temur bobomiz.✍️: Islomova Mukambar
AMIR TEMUR