Amir Temur qanday vafot etgan?

Amir Temur qanday vafot etgan?
amir temur qanday vafot etgan 66210d7f4260a

f 3jytiwuVqwOrSGXU2ErQCcSMWuF41r

Amir Temur qanday vafot etgan?

Mundarija скрыть
Amir Temur qanday vafot etgan?
DO`STLARGA ULASHING:
1404-yil 27-noyabrda 200 ming qoʻshin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning Oʻtrorda vafoti (1405-yil 18-fevral)amalga oshmay qoldi. Maʼlumki, Amir Temur 1405-yil kuchli shamollash sababli olamda oʻtdi deyiladi. Lekin, Amir Temurni vafotini tezlashtirgan boshqa sabablar ham bor. Ibn Arabshohning yozishicha (1436-yil yozilgan) kuchli sovuq natijasida Temur ibrida (sovuqdan jismni zaiflashtiradigan kasallik) kasaliga chalinib, tabiblar uni dad etish maqsadida tayyorlagan tarkibida isitadigan moddalar, xushboʻyliklar va rezavorliklar boʻlgan xamr aragʻini isteʼmol qilgan. Tarixchi, Xondamirning fikricha Amir Temur oʻlimini tabiblar Dori sifatida tayyorlagan araq tezlashtirib yuborgan. Xondamir „ Habib us-siyar“ asarida shunday yozadi: «…sohibqiron shu asosda araqqa ragʻbat koʻrsatdi, unga javhar keltirishlarini buyurdi, koʻrinishidan suvdek boʻlsa ham sifati jihatidan olovdek edi. Oliyjanob Sohibqiron ikki kecha kunduz araq ichdi, ammo aslo ovqat yemadi. Shuning uchun mijozoda oʻzgarish yuz berdi. Bu oʻzgarishni tabiblar xumor belgisi boʻlsa kerak deb tushundilar. Yana unga bir-ikki qadah berdilar, harorati biroz taskin topdi, ammo vujudi va tabiatiga sharob taʼsir qildi shekilli, issigʻi Yana koʻtarilib ketdi. Sohibqiron sogʻligʻi yomonlashdi. Mazkur ichimlik bu vaqtda faqat tabobatda qoʻllanilib, mast qiluvchi funksiyasi oʻzlashtirilmagan edi. Temur kasalining kuchayishi va koʻp miqdorda isteʼmol qilingan araq sabab boʻlgani haqida oʻsha davr tarixchisi Hofiz Abru ham yozadi. Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avvalda sir tutilsada, ammo koʻp vaqt oʻtmay bu noxush xabar mamlakat boʻylab tarqalib ketadi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn qilinadi.