Amir Temur haqidagi qiziqarli faktlar haqida to’liq ma’lumot oling
Amir Temur haqidagi qiziqarli faktlar
1. Amir Temurning to‘liq ismi — Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.
2 Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi.
3. Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.
4. 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan.
5. Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urushIroq safarida bo‘lib o‘tgan va 7 yil davom etgan. 1402 yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan g‘alaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab bo‘ladi. G‘alaba natijasida Kichik Osiyo ham qo‘lga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Frantsiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan.
6. 20 yil davomida Usmonli sultonlari qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol etgan.
7. Buyuk imperiya asoschisi ko‘plab mamlakatlar, jumladan Vizantiya, Angliya, Frantsiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan.
8. 1404 yilda Amir Temur 200 000 qo‘shin bilan Xitoyni ishg‘ol qilish uchun yo‘lga otlangan.
9. Temurning o‘limi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. Uni Samarqandga, Go‘ri Amir maqbarasiga dafn qilganlar.
10. Ayrim paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.
11. Ayni paytda Shaxrisabz, Samarqand va Toshkent hududlarida Amir Temur haykallari mavjud.
12. Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 1996 yilda rasman ochilgan.
13. 1996 yilda «Amir Temur» ordeni ta’sis etilgan.
14. Mashhur Toj Mahal maqbarasi 17 asrda Temur avlodi bo‘lmish — Temuriyzoda Shoxjahon tomonidan qurilgan.
15. Temur avlodlaridan yana biri – Bobur esa Hindistonni zabt etib, buyuk imperiyaga asos solgan.
Malumotlar
Amir Temur haqidagi qiziqarli faktlar