AMIR TEMUR HAQIDA MAʼLUMOTLAR

AMIR TEMUR HAQIDA MAʼLUMOTLAR
amir temur haqida macabclumotlar 65ca7ffaf2266

photo 2023 04 02 00 08 31

AMIR TEMUR HAQIDA MAʼLUMOTLAR

DO`STLARGA ULASHING:

AMIR TEMUR HAQIDA MAʼLUMOTLAR

AMIR TEMUR bobomiz dovyurak lashkarboshi, yirik davlat arbobi boʻlgan.

Asli ismi — AMIR TEMUR IBN AMIR TARAGʻAY IBN BARQUL

Amir Temur 1336 yil 9-aprelda hozirgi Qashqadaryo viloyatining Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida tugʻilgan.

Otasining ismi — Amir Taragʻay Bahodir, onasining ismi esa Tegina Begim boʻlgan.

Temur bobomiz maxsus murabbiylar dan chavandozlik, kamonda oʻq otish va boshqa harbiy bilimlarni egallaydi.

Amur Temur bobomiz 35 yil boshqaruv davrida markazlashgan kuchli va mustahkam davlat barpo qildi.

Amir Temur rahbarligida ilm-fan, madaniyat, savdo-sotiq, hunarmandchilik va dehqonchilik nihoyatda rivojlanib ketdi.

Amir Temur o’z yurti Turkistonda, ayniqsa, uning poytaxti Samarqand shahrida, Shahrisabz va Buxoroda go’zal va mustahkam qasrlar, masjid, madrasalar qurdirdi, bogʻlar bunyod etdi.

Amir Temur sotqinlik qilish, yolg’on gapirishni juda yomon ko’rgan.
Bunday odamlarni u kechirmagan. Uning o’z tamg’asi bo’lgan. Bu tamg’aga — «Kuch adolatda», — degan so’zlar yozilgan.

Amir Temur 1405 yilda vafot etgan.

Yurtimizning koʻpgina shaharlarida, Toshkent, Samarqand, Shahrisabzning markaziy maydonlarida buyuk bobomiz Amir Temur haykali oʻrnatilgan.

1996 yilda Toshkentda «Temuriylar davri» muzeyi barpo etilgan.

1996 yilda «Amir Temur»ordeni taʼsis etilgan.

AMIR TEMUR HAQIDA MAʼLUMOTLAR