AMIR TEMUR GʻORI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMIR TEMUR GʻORI haqida malumot bilib oling.

AMIR TEMUR GʻORISurxondaryo viloyati Boysun togʻidagi ibtidoiy odamlar manzilgohi boʻlgan gʻor. Bu gʻorda 1939-y. da Amir Temur Gʻori Okladnikov arxeologik qazishlar olib borgan. Unda uchta qatlam boʻlib, yuqoridagi ikkitasi yangi tosh davriga, eng quyisi mustye davriga taalluklidir. Bu qatlamda oʻchoq va baʼzi joylarida pista koʻmirning qoldiklari topilgan. Amir Temur Gʻoridan Teshiktosh tormdagiga oʻxshash qoʻpol ishlangan yirik qirgʻichlar, plastinalar, lappaksimon nukleuslar va ulardan uchirib olingan tosh parchalari chiqqan. Shu 6-n birga gʻordan xilma-xil hayvon va qushlarning suyak qoldiqlari ham topildi. Amir Temur Gʻorida ibtidoiy odamlar jamoa-jamoa boʻlib yashagan, ovchilik va temirchilik bilan shugʻullangan.

Ensiklopediya.uz
AMIR TEMUR GʻORI