AMINLASH — turli xil organik birikmalarga aminoguruh (—NH2) ni kiritish. Mas, piridinga 200° da natriy amidi (NaNH2) ni taʼsir ettirib, a-aminopiridin olinadi; Benzol bugʻini ammiak bilan birga choʻgʻ holidagi naydan oʻtkazilganda anilin hosil boʻladi.