AMIMIYA haqida malumot bilib oling.
AMIMIYA ( yun. a — inkor qoʻshimchasi, mimos — taklidchi) — istara sovuqligi, yuz ifodasining yoʻqolishi; bunda yuzning sogʻlom kishilarga xos imo-ishorasi bemorlarda butunlay yoʻqolib qoladi. Ularning yuz qiyofasi ichki hissiyotlar (sevinch, quvonch, qoʻrqinch, hayajon va h. k.) ni ifoda etmay, doim birdek, qotib qolgandek, niqob koʻrinishida boʻladi. Amimiya shizofreniya, tushkunlik holati, kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni suiisteʼmol qilish va b. okibatida yuzaga keladi. Amimiya rivojlanuvchi falajlik hamda miya toʻqimalari yalligʻlanishi (ensefalit) ning asosiy belgilaridan biridir.
Ensiklopediya.uz
AMIMIYA