
AMILAZALAR haqida malumot bilib oling.
AMILAZALAR — uglerodning 1 – va 4-atomlari oʻrtasidagi glyukozid bogʻlarini parchalash yoʻli bilan kraxmal, glikogen va ularga yaqin polisaxaridlar gidrolizini tezlashtiruvchi fermentlar. Uchta xili bor: a-amilaza hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlarda uchraydi; u ishtirok etadigan reaksiyalarda asosan dekstrinlar hosil boʻladi. (3-amilaza yuksak oʻsimliklarga xos boʻlib, maltoza va yirik molekulali dekstrinlar hosil boʻlishini tezlashtiradi. Glyukoamilaza hayvonlar koni, mogʻor zamburugʻlari, bakteriyalar va b. da boʻlib, glyukoza va dekstrinlar hosil boʻlishini tezlashtiradi. Odatda polisaxaridlar gidrolizida turli Amilazalar baravariga qatnashadi. Unib chiqqan arpa urugʻlari ekstrakti taʼsirida kraxmalning shakarlanishi (A. ning fermentativ taʼsiri)ni rus akademigi K. S. Kirxgof birinchi marta tasvir etgan (1814). Amilazalarning fiziologik ahamiyati shuki, u hujayralardagi polisaxaridlar zaxirasini safarbar qiladi (mas, urugʻ unayotganda). Ovkat hazm qilishda ham Amilazalarning ahamiyati katta; hayvonlar hamda odamning soʻlagida va meʼda osti bezining shirasida Amilazalar bor. Mikroorganizmlar kraxmalni isteʼmol kila turib, Amilazalar chiqaradi. Mogʻor zamburugʻlari bilan bakteriyalardan olinadigan a – amilaza spirt sanoatida va non yopishda, glyukoamilaza esa kraxmaldan glyukoza i. ch-. da qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
AMILAZALAR