AMIL SPIRTLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMIL SPIRTLAR haqida malumot bilib oling.

AMIL SPIRTLAR — bir atomli toʻyingan spirtlar. Zichligi 814 kg/m3. A. s. ning 8 ta izomeri bor. Ular orasida eng ahamiyatlisi izoamil spirtdir. Odatdagi sharoitda Amil spirtlarning hamma izomerlari suyuq boʻladi. Izoamil spirt rangsiz suyuqlik boʻlib, undan qoʻlansa hid keladi, qaynash t-rasi 131,5°, suvda yomon erib, azeotrop aralashma hosil qiladi. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi. As. sivuxa moyidan olinadi. Ular sintetik usullar bilan ham hosil qilinadi. Amil spirtlar sulfat kislota bilan qizdirilganda oddiy amil efirlar hosil boʻladi. Izoamil spirtning murakkab efirlari, mas, izoamilatsetat xushboʻy modda. U meva essensiyalari tayyorlashda va lok, boʻyoq i. ch. da erituvchi modda sifatida ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
AMIL SPIRTLAR